CIES reytingi: Özbekiston dunyoning eng yaxşi 50 ta davlati qatoriga kirdi
Tadqiqotda har bir mamlakatning 23 yoşdan oşmagan eng yaxşi 20 nafar futbolçisi körsatkiçlari hisobga olingan.
Özbekiston 23 yoşgaça bölgan futbolçilarning salohiyati böyiça tuzilgan xalqaro reytingda 47-örinni egalladi. Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) e’lon qilgan röyxatda mamlakatimiz vakillari 66,3 ball bilan baholangan.
Tadqiqotda har bir mamlakatning 23 yoşdan oşmagan eng yaxşi 20 nafar futbolçisi körsatkiçlari hisobga olingan.
Baholaş jarayonida futbolçilarning sönggi 12 oy davomida kattalar darajasidagi rasmiy musobaqalarda qança vaqt maydonda harakat qilgani hamda uşbu turnirlarning sport saviyasi asosiy mezon sifatida tanlangan.
Ispaniya reyting peşqadami
CIES tadqiqoti natijalariga köra, eng yuqori körsatkiç Ispaniyaga tegişli böldi. Uşbu mamlakat yoş futbolçilari örtaça 84,2 ball bilan birinçi örinni egalladi.
Ikkinçi poğonani 81 ball bilan Fransiya band etgan bölsa, Angliya 80,9 ball bilan kuçli uçlikni yakunladi.
Reytingning kuçli önligi:
1. Ispaniya — 84,2 ball
2. Fransiya — 81,0 ball
3. Angliya — 80,9 ball
4. Argentina — 80,2 ball
5. Italiya — 79,9 ball
6. Braziliya — 79,1 ball
7. Germaniya — 79,0 ball
8. Belgiya — 78,7 ball
9. Portugaliya — 78,2 ball
10. Niderlandiya — 77,4 ball
Ispaniyalik futbolçilar orasida eng yuqori individual natijani "Barselona" hujumçisi Lamin Yamal qayd etdi. Uning körsatkiçi 97,4 ballni taşkil qildi.
Ispaniya kattalar milliy terma jamoasida hali maydonga tuşmagan futbolçilar orasida esa Xakobo Ramon 83,6 ball bilan ajralib turdi.