Odil Yoqubovning 100 yilligi: Qozoğistonda adib merosi va ikki xalq döstligi
Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubovning 100 yilligi munosabati bilan Qozoğistondagi Turkiston va Qarnoq qişloğida adabiy uçraşuvlar bölib ötdi. Bu tadbirlar ikki xalq ijodkorlarini birlaştirib, adib merosini yangiça talqin etdi.
Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubovning 100 yilligi munosabati bilan Qozoğistonning Turkiston şahri va adib tuğilib ösgan Qarnoq qişloğida özbek va qozoq ijodkorlari iştirokida xotira keçalari ötkazildi. 18-19-noyabr kunlari bölib ötgan bu uçraşuvlarda adibning nomi tilga olinganda hamqişloqlari faxrlandi, şogirdlari mehribon ustozini esladi, kitobxonlari esa asarlaridan olgan saboqlarini aytdi. Bir paytlar şu qişloq maktabiga qatnagan bolaning kitoblari bugun özi öqigan dargohdagi muzeyda saqlanmoqda – bu ham Odil Yoqubovning abadiy merosidan dalolat.
«Vatandoşlar» jamoat fondi va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida Qozoğistonga borgan delegatsiyani ustozning şogirdlari, yaqinlari va qadrdonlari katta ehtirom bilan kutib oldi. Turkistondagi «Farab» kutubxonasida taşkil etilgan «Asriy umr — mangu meros» adabiy keçasi kitoblar va suratlar körgazmasi bilan boşlandi. Unda Odil Yoqubovning turli yillarda çop etilgan asarlari, boşqa tillarga tarjimalari hamda hayotidan hikoya qiluvçi fotosuratlar namoyiş etildi. Körgazma Toşkentdan olib borilgan yangi 17 jildli asarlar töplami bilan yanada boyitildi.
Keçani oçgan Turkiston viloyati hokimi örinbosari Yertay Altayev adibning «Uluğbek xazinasi», «Köhna dunyo», «Diyonat» asarlaridagi adolat, vijdon va ilm qadri kabi mavzularning bugungi kundagi ahamiyatiga töxtaldi. U Odil Yoqubov merosi özbek va qozoq xalqlarini yaqinlaştiruvçi muştarak qadriyat ekanini taʼkidladi. Professor Qulbek Yergöbek boşqargan davra suhbatida Şuhrat Rizayev, Aşurali Jörayev, Bahodir Karim, Dilfuza Qarşiboyeva, Xurşida Vahobjon qizi kabi ijodkorlar ustoz haqidagi xotiralari bilan bölişdi.
Xotiralar orqali kitobxon bilgan yozuvçining yana bir qiyofasi — yoş ijodkorga suyanç bölgan ustoz namoyon böldi. Xurşida Vahobjon qizi ilk şeʼrlari naşr etilişi, birinçi kitobi çiqişi, adabiy davraga kirib kelişida Odil Yoqubovning yordami katta bölganini esladi. Bu eʼtibor uning ijodiy yölida qançalik muhim bölganini hayajon bilan gapirib berdi.

Adibning farzandi Abdumalik Yoqubov esa otasining xotirasiga ikki yurtda körsatilayotgan hurmatdan oila aʼzolari mamnun ekanini aytdi. Özbek va qozoq qöşiqlari yangragan davrada adabiyot haqidagi suhbatlar şaxsiy xotiralarga ulandi.
Ertasi kuni mehmonlar Qarnoqqa yöl oldi. Bu yerdagi uçraşuvlarning özgaça maʼnosi bor edi: delegatsiya adibning bolaligi keçgan joylarga, u öqigan Mahmud Qoşğariy nomidagi 1-son maktab-litseyga keldi. Maktabdagi Odil Yoqubov muzeyida mehmonlarni fotosuratlar, kitoblar va öquvçilarning çiqişlari kutib oldi. Yozuvçining hayot yöli bilan tanişilar ekan, uning katta adabiyotga yöli şu qişloqdan, şu maktabdan boşlangani yana bir bor yodga tuşdi.

Delegatsiya muzeyga Navoiyning «Xamsa»si, «Haqiqatga suyangan adib» xotira kitobi va Odil Yoqubov asarlarining 17 jildli naşrini sovğa qildi. Ijodkorlar ham öz kitoblarini qoldirdi. Endi bu kitoblarni Qarnoqning yangi avlodi varaqlaydi. Qişloqdagi «Döstlik uyi»da ötgan uçraşuvni Kentau şahri hokimi Jandos Tasov oçib berdi. Ijodkor Ötizbay Babir boşqargan davrada adibning şogirdlari, mahalliy yozuvçilar va hamqişloqlari sözga çiqdi.
Qarnoqliklar Odil Yoqubovni qişloği taşvişini unutmagan inson sifatida ham eslaşdi. Uning suv ombori qurilişiga kömaklaşganini minnatdorlik bilan tilga oldi. Bu xotiralarda yozuvçining xalq dardiga munosabati, tuğilgan yeriga mehri yaqqol körindi.

Adibning «Billur qandillar» asarini qozoq tiliga ögirgan Dolimjon Sayfullayev va boşqa ijodkorlar ham uning merosi haqida sözladi. Mehmonlar Qarnoqdagi Şomuhammad Eşon masjid-madrasasida Odil Yoqubovga bağişlangan xona bilan tanişdi, safar davomida Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilişdi.
Ikki kun davomida Odil Yoqubovning nomi minbarlarda, maktabda, hamqişloqlarining samimiy suhbatlarida ham yangradi. Kimdir asarini, kimdir bergan maslahatini, yana kimdir qişloqqa qilgan yaxşiligini esladi. Qarnoq maktabiga tuhfa qilingan kitoblarni ertaga bir öquvçi qöliga oladi. Balki, adib bilan uning birinçi suhbati aynan şu yerda boşlanar.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA