“Döstlik köprigi” — xalqlar va madaniyatlarni birlaştirgan körgazma
Toşkentda Turkmaniston rassomlarining noyob asarlari körgazmasi oçildi. Uşbu madaniy tadbir ikki qardoş xalqning boy tarixi va muştarak qadriyatlarini namoyon etadi.
Toşkent şahridagi Özbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida turkman rassomlari asarlaridan iborat “Döstlik köprigi” nomli körgazmaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
2026-yil Turkmanistonda “Mustaqil, betaraf Turkmaniston — maqsad sari intiluvçi qanotli tulporlar vatani” şiori ostida ötmoqda. Körgazma uşbu şior nomi bilan taşkil etildi, şuningdek, har yili 12-dekabr kuni nişonlanadigan Xalqaro betaraflik kuniga bağişlandi.
Mazkur madaniy tadbir Özbekiston Respublikasidagi Turkmaniston elçixonasi, Özbekiston Badiiy akademiyasi hamda Turkmaniston Rassomlar uyuşmasi hamkorligida taşkil etildi.
Oçiliş marosimida Özbekistonning davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, diplomatik korpus aʼzolari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, ommaviy axborot vositalari hamda ijodiy jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Ekspozitsiyadan 16 nafar turkman rassomining rangtasvir va grafika asarlari örin olgan. Ularda turkman xalqining boy tarixi, milliy anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlari, urf-odatlari va zamonaviy hayoti badiiy talqin etilgan. Ayniqsa, milliy liboslar, xotin-qizlar qiyofasi, xalqning öziga xos turmuş tarzi va madaniy merosi tasvirlarida milliy ruh yaqqol namoyon böladi. Körgazmada Çingiz Torayevning “Sodiq döstlik”, Dovletgeldi Akiyevning “Baxt daraxti”, “Jang I”, “Osmon börisi”, Maqsat Xudoyberdiyevning “Bezakli natyurmort”, Merdan Nurmedovning “Şarq gözali”, Muxammed Ğubiyevning “Duo tuş”, Jumamurad Ğurbanovning “Osmon tulporlari”, Kabe Işankuliyevaning “Mening şiddatli Vatanim” kabi asarlari namoyiş etilmoqda.
[gallery-32667]
Uşbu asarlarda Turkmanistonning tarixiy ötmişi, milliy özligi, madaniy merosi va “Buyuk ipak yöli” bilan boğliq tarixiy manzaralar ham öz ifodasini topgan. Har bir ijodiy işda rassomning Vatanga muhabbati, milliy qadriyatlarga hurmati va xalq tarixiga bölgan munosabati seziladi.
— Turkmaniston rassomlari haqida juda köp yaxşi fikrlarni bildiriş mumkin. Ularning ijodi menga yaqin, çunki ijodiy yönalişlarimiz bir-biriga hamohang. Ayniqsa, realizm yönalişida, tarixiy janrda ijod qiladigan mahoratli rassomlar köp. Ğoyalarimiz, badiiy qaraşlarimiz yaqinligi, asarlarimizning tarixiy mavzularga yönaltirilgani bois özaro döstlik va ijodiy aloqalarni yölga qöyganmiz. Eʼtiborlisi, Turkmanistonda realizm maktabi öz anʼanalarini saqlab qolgan. Boşqa yönalişlarda ijod qilayotgan rassomlar ham yuksak mahoratga ega. Ularning asarlariga nazar taşlasangiz, har birida turkman xalqining nafasi, millatning ğururi, tarixi va qadriyatlarini his etasiz, — dedi rassom Masʼud Xolov.
Darhaqiqat, Döstlik köprigi körgazmasi ikki qardoş xalqning boy madaniy merosi, muştarak qadriyatlari va sanʼatga bölgan ehtiromini namoyon etuvçi muhim madaniy muloqot maydonidir. Bunday ijodiy uçraşuvlar Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi döstlik riştalarini mustahkamlaş, rassomlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda xalqlarimizning maʼnaviy yaqinligini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.
Körgazma 27-noyabrga qadar davom etadi.
Munira Ramazonova,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, sanʼatşunos