Nukusda tun-u kun xizmat körsatuvçi köçalar yangi qiyofa kasb etdi
Nukus şahrida zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş, aholi va sayyohlar uçun qulay şart-şaroit yaratiş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, joriy yilning sentabr oyida şahardagi 24/7 tartibida xizmat körsatuvçi köça yangilangan qiyofada qayta iş boşladi.
Şaharning Ğaresizlik, S.Kamolov va Ğ.Şeraziyeva köçalarida amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari natijasida aholi va mehmonlarning mazmunli hordiq çiqarişi, savdo va köngiloçar maskanlarning tunu kun faoliyat yuritişi uçun zarur şaroit yaratildi.
Loyiha ijrosiga 2,2 milliard söm mablağ yönaltirilib, köçalarning 2,5 kilometrlik qismi taʼmirlandi. Piyodalar yölaklari barpo etilib, zamonaviy örindiqlar, çiqindi qutilari hamda quyoş energiyasida işlovçi tejamkor yoritiş moslamalari örnatildi.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillaştirişga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, yomğir suvlarini oqiziş va ularning töplanib qolişiga yöl qöymaslik maqsadida 1,5 kilometr uzunlikda yangi tarmoq barpo etilib, mavjudlari modernizatsiya qilindi.
[gallery-32695]
Eʼtiborlisi, yaratilgan imkoniyatlar işbilarmonlik muhitining yanada yaxşilanişiga xizmat qilmoqda. Hududda 8 ta yangi tadbirkorlik subʼekti iş boşlagan bölsa, yana 10 tasi faoliyatini kengaytirdi. Natijada 75 ta yangi iş örni yaratildi.
Mazkur loyiha şaharning turistik jozibadorligini oşiriş, xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va hududning meʼmoriy qiyofasini yanada yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat, video), ÖzA