Xalq qabulxonalariga 10 oyda 781 mingdan ortiq murojaat kelib tuşdi
Fuqarolar murojaatlari bilan işlaş davlat idoralari faoliyati samaradorligi va xalq manfaatlarini taʼminlaşning muhim mezonlaridan biri. Bugungi kunda bu boradagi işlar yangi bosqiçga kötarilib, Prezident Xalq qabulxonalari tizimida raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş va murojaatlar bilan işlaş sifatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xöş, 2026-yilning ötgan ön oyida Prezident Xalq qabulxonalariga qança murojaat kelib tuşdi? Qaysi masalalar aholini köproq taşvişga solmoqda va ularni hal etiş borasida qanday işlar amalga oşirilmoqda? Özbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi Axborot xizmati rahbari Tölqin Pölatov iştirokida ötkazilgan brifingda şular haqida maʼlumot berildi.
Prezidentimizning 2026-yil 1-apreldagi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş hamda ilgari surilgan taşabbuslar asosida bugungi kunda Prezident Xalq qabulxonalari tizimida raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş va ulardan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, raqamli qabullar, «Mahalla yettiligi» va «Yoşlar nazorati» modullari, murojaatlar bilan işlaş samaradorligini reyting asosida baholaş tizimi, şuningdek, raqamli qayta aloqa xizmati şular jumlasidandir.
Bunday zamonaviy yondaşuvlar natijasida endi fuqaro murojaatlar jarayonining passiv iştirokçisi emas, balki u natijani köradi, baholaydi va öz munosabatini bildira oladi. Buning uçun tizimda qayta aloqa raqamli xizmati joriy etildi. Bunda murojaat fuqaroning munosabatsiz nazoratdan yeçilmaydi.
Yaʼni murojaatga javob berilgandan keyin fuqaroning telefoniga SMS xabarnoma va maxsus havola yuboriladi. Fuqaro uşbu havola orqali javob xati va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanişadi hamda roziman yoki eʼtirozim bor şaklida öz munosabatini bildira oladi. Fuqaro natijadan rozi bölsa, murojaati yakunlanadi, eʼtiroz bildirsa, masala qayta körib çiqiş jarayoniga ötkaziladi.
Şuningdek, brifing davomida Prezident Xalq qabulxonalari tizimiga kelib tuşgan murojaatlar soni va ularning hududlar kesimidagi tahlili haqida ham maʼlumot berildi.
Xususan, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida tizimga jami 781 792 ta murojaat kelib tuşgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 810 taga yoki 0,6 foizga kamdir.
Şu bilan birga, ayrim hududlarda murojaatlar sonining ösişi kuzatilgan. Jumladan, Farğona viloyatida 9 foizga, Toşkent şahri va Xorazm viloyatida 6 foizga, Namangan viloyatida esa 5 foizga oşgan.
Murojaatlar soni böyiça Toşkent şahri, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Toşkent va Samarqand viloyatlari yetakçilik qilmoqda.
Aholi soniga nisbatan hisoblaganda, har 10 ming nafar aholiga örtaça 204 ta murojaat töğri kelmoqda. Mazkur körsatkiç Toşkent şahri, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida respublika örtaça körsatkiçidan yuqoriligiça qolmoqda.
Murojaatlarning asosiy qismi bolalar nafaqasini tayinlaş, aliment undiriş, gaz ballonlarini töldiriş, moddiy yordam ajratiş, suriştiruv va tergov harakatlari, huquqbuzarliklar böyiça iş yuritiş, iş bilan taʼminlaş, davolaniş va jarrohlik amaliyoti uçun moddiy yordam oliş, şuningdek, iş haqini undiriş masalalariga taalluqlidir.
Xususan, bolalar nafaqasini tayinlaş masalasi böyiça eng köp ariza va şikoyatlar Qaşqadaryo viloyatidan kelib tuşgan bölib, ularning soni 8 492 tani taşkil etgan. Keyingi örinlarda Samarqand, Surxondaryo, Andijon va Namangan viloyatlari qayd etilgan.
Iş bilan taʼminlaş masalasi böyiça esa eng köp murojaatlar Navoiy viloyatidan yöllangan. Uşbu yönalişda kelib tuşgan ariza va şikoyatlar soni 1 648 tani taşkil etgan. Mazkur muammo Qaşqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Buxoro viloyatlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida ham dolzarbligiça qolmoqda.
Şuningdek, iş haqini tölaş bilan boğliq muammolar yuzasidan kelib tuşgan har oltinçi murojaat Qaşqadaryo viloyati hissasiga töğri keladi. Bu borada Toşkent şahri va Buxoro viloyatidan ham köplab eʼtirozlar bildirilgan.
Jami murojaatlarning qariyb 77 foizi quyidagi vazirlik va idoralar faoliyatiga taalluqli. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Majburiy ijro byurosi, Içki işlar vazirligi, Energetika vazirligi, Boş prokuratura, Soğliqni saqlaş vazirligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Markaziy bank hamda tijorat banklari, Oliy sud, Oila va xotin-qizlar qömitasi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi.
Şu bilan birga, ötgan yilning mos davriga nisbatan ayrim yönalişlardagi ariza va şikoyatlar soni sezilarli darajada oşgan. Jumladan, nogironlik guruhini özgartiriş yoki tiklaş masalasidagi murojaatlar 89 foizga, suriştiruv, tergovga qadar tekşiruv va tergov harakatlari bilan boğliq murojaatlar 71 foizga, jinoyat işlari böyiça sud hujjatlaridan norozilik bildiriş mazmunidagi şikoyatlar 41 foizga, gaz balonlarini töldiriş bilan boğliq murojaatlar ham 41 foizga köpaygan.
Bundan taşqari, ehtiyojmand fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ajratişni sörab qilingan murojaatlar 39 foizga, sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan şikoyatlar 36 foizga, bolalar nafaqasini tayinlaş bilan boğliq murojaatlar esa 33 foizga oşgan.
2026-yilning ötgan ön oyi davomida jamoaviy xarakterdagi murojaatlar soni 8 308 tani taşkil etdi. Bunday murojaatlar eng köp Toşkent şahri, Farğona, Toşkent, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelib tuşgan.
Jamoaviy murojaatlar soni Farğona viloyatida 41 foizga, Xorazm viloyatida 21 foizga, Toşkent şahrida 20 foizga hamda Toşkent viloyatida 16 foizga oşgan.
Uşbu toifadagi murojaatlarda asosan içki yöllarning holati, elektr tarmoqlari obʼektlarini quriş, taʼmirlaş va özgartiriş, sodir etilgan huquqbuzarliklar, iş haqini tölaş bilan boğliq muammolar, suriştiruv, tergovga qadar tekşiruv va tergov harakatlaridan norozilik, özboşimçalik bilan amalga oşirilayotgan noqonuniy qurilişlar, şuningdek, gaz ballonlarini töldiriş masalalari kötarilgan.
Brifing davomida murojaatlarning barçasi qonunçilikda belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq körib çiqilayotgani alohida taʼkidlandi.
Şuningdek, davlatimiz rahbari topşiriği asosida hududlardagi Xalq qabulxonalarida Qarşi şahrida yölga qöyilgan tajriba asosida aholi murojaatlari bilan işlaşga ixtisoslaşgan doimiy işçi guruhlar va diagnostika markazlari taşkil etilgani maʼlum qilindi. Mazkur tizim doirasida hududlardagi yirik idora, korxona va taşkilotlar rahbarlarining örinbosarlari sohaviy koordinator etib belgilanib, işçi guruhlar faoliyatiga jalb qilingan.
Sohaviy koordinatorlar Xalq qabulxonalarida fuqarolar qabulini taşkil etiş, öz yönalişiga tegişli murojaatlarni örganiş va hal etiş, şuningdek, sohalardagi mavjud muammolarni aniqlaş hamda ularning kelib çiqiş sabablarini tahlil qiliş bilan şuğullanmoqda.
Jumladan, doimiy işçi guruhlar tomonidan joriy yilning iyul–oktabr oylarida Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan 321 ming 443 ta murojaat örganilib, eng köp qayd etilgan 50 ta masala böyiça tahlil ötkazildi. Natijada aniqlangan tizimli muammolarni tuman, şahar, viloyat va respublika darajasida bartaraf etişga qaratilgan 2 198 ta taklif işlab çiqildi.
Ayni paytda fuqarolar bilan ötkaziladigan şaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar samaradorligini yanada oşiriş maqsadida raqamli qabullar tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim qabullarni oldindan rejalaştiriş, ular davomida kötarilgan masalalarni qayd etiş, ijrosini nazorat qiliş va har bir murojaat böyiça yakuniy natijani kuzatib boriş imkonini beradi. Raqamli qabullar tizimi mavjud maʼlumotlar tahlili asosida qabullarni qaysi hududlarda taşkil etiş zarurligini belgilaydi. Xususan, qaysi hudud, tuman yoki mahallada murojaatlar soni ortib borayotgani, muayyan muammolarning köpayişi yoki rahbarlar qabuliga bölgan ehtiyoj yuqoriligi tahlil qilinib, birinçi navbatda qabul ötkazilişi lozim bölgan hudud aniqlanadi. Bu esa qabullarni şunçaki rejalaştiriş emas, balki aholining haqiqiy ehtiyoj va talablaridan kelib çiqqan holda taşkil etiş imkonini beradi.
Şuningdek, tizim orqali fuqarolarga qabulning sanasi, vaqti va boşqa muhim maʼlumotlar haqida xabar yuboriş imkoniyati yaratilgan. 2026-yil 1-oktabrdan eʼtiboran raqamli qabullar jarayoniga oid maʼlumotlarni töliq nazorat qiliş amaliyoti sinov tariqasida joriy etildi.
Hamroz Bayonov, ÖzA