Nodirbek Abdusattorov Total Chess turnirini 23-örinda yakunladi
Hamyurtimiz turnirning yakuniy bosqiçida hindistonlik Vayşali Rameşbabuga qarşi dona surdi.
Vengriya poytaxti Budapeştda taşkil etilgan Total Chess 2026 xalqaro şaxmat musobaqasi yakunlandi. Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 24 nafar iştirokçi orasida 23-örinni egallab, 11 ming AQŞ dollari miqdorida mukofot puli qölga kiritdi.
Hamyurtimiz turnirning yakuniy bosqiçida hindistonlik Vayşali Rameşbabuga qarşi dona surdi. Ikki kunga möljallangan qarama-qarşilikning dastlabki qismida Nodirbek 16:4 hisobida ustun kelgan bölsa, ikkinçi kuni raqibiga umuman imkoniyat qoldirmadi.
Abdusattorov hal qiluvçi kunda törtta blits, ikkita rapid va bitta tezkor klassik partiyaning barçasida ğalaba qozondi. Natijada u maksimal 20 oçkoni jamğarib, kunlik bahsni 20:0 hisobida yakunladi.
Biroq turnirning avvalgi bosqiçlarida özbekistonlik şaxmatçining natijalari u qadar muvaffaqiyatli bölmadi.
Dastlabki 9 turdan iborat blits musobaqasida Abdusattorov 2,5 oçko bilan 22-örinni egalladi. Şundan keyin ötkazilgan tezkor klassik şaxmat bahslarida esa A guruhidan joy oldi.
Guruhdagi 10 ta partiyada Nodirbek bir marta ğalaba qozondi, oltita durang qayd etdi va uç bor mağlubiyatga uçradi. Jamğarilgan 9 oçko unga oltinçi örinni taqdim etdi.
Şu sabab hamyurtimiz musobaqaning 21–24-örinlari uçun ötkazilgan pley-off bosqiçida iştirok etdi. Yarim finalda unga hindistonlik Rameşbabu Praggnanandhaa raqiblik qildi.
Dastlabki kun hindistonlik grossmeyster 11:9 hisobida ustunlikka erişdi. Ikkinçi kunda Abdusattorov tezkor klassik partiyaga qadar 8,5:3,5 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, sönggi bahsda raqib ğalaba qozondi. Kun yakunida Praggnanandhaa 11,5:8,5 hisobida ustunlikka erişib, keyingi bosqiçga yöllanma oldi.
Natijada Nodirbek 23-örin uçun Vayşali Rameşbabuga qarşi bahs olib bordi va ikki kunlik bellaşuvda işonçli ğalabaga erişdi.
Ma’lumot uçun, Total Çess 2026 musobaqasining umumiy mukofot jamğarmasi 650 ming AQŞ dollarini taşkil etdi. Turnir çempioni Alireza Firuja 80 ming dollar mukofot puli bilan taqdirlandi.