Javohir Sindorov jahon toji uçun matç oldidan öyin şaroitlari bilan tanişdi
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va amaldagi jahon çempioni Dommaraju Gukeş tarixiy qarama-qarşilik oldidan musobaqa ötkaziladigan zalga taşrif buyurdi.
Şveytsariyaning Jeneva şahrida şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun ötkaziladigan matçga sönggi tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va amaldagi jahon çempioni Dommaraju Gukeş tarixiy qarama-qarşilik oldidan musobaqa ötkaziladigan zalga taşrif buyurdi.
Ikki şaxmatçi öyin maydonidagi şaroitlar bilan yaqindan tanişib, partiyalar davomida foydalaniladigan stol, stullar hamda yoritiş tizimini tekşirdi.
Şuningdek, Sindorov va Gukeş musobaqa taşkilotçilari tomonidan ötkazilgan texnik yiğilişda ham iştirok etdi. Unda bölajak matç bilan boğliq taşkiliy masalalar körib çiqildi.
Eslatib ötamiz, Salesforce FIDE World Çampionşip 2026 doirasidagi jahon çempionligi bahsi 24-noyabr kuni boşlanadi. Şveytsariyaning Jeneva şahrida taşkil etiladigan matç 12-dekabrga qadar davom etişi rejalaştirilgan.
Mazkur qarama-qarşilikda Javohir Sindorov klassik şaxmat böyiça jahon çempioni unvonini qölga kiritiş uçun hindistonlik Dommaraju Gukeşga qarşi dona suradi.