Nigina Sobirova öz vaznida tengsiz
Poytaxtimizda ötayotgan sport kuraşlari böyiça Özbekiston çempionatining ayollar kuraşi dasturida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan sportçilar orasida önta vazn toifasida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Jumladan, 62 kilogrammgaça vazn toifasida Nigina Sobirova sönggi hal qiluvçi final bellaşuvida Mavluda Kalbayevani taslim etgan holda mamlakat çempioniga aylandi. Nilufar Otemisova esa uşbu vaznda uçinçi böldi. -50 kilogramm vaznda Şohista Şonazarova tajribali kuraşçimiz Aktenge Keunimjayevani mağlubiyatga uçratdi va oltin medal bilan taqdirlandi. Nilufar Nurmuhammadova kuçli uçlikdan joy oldi.
-53 kilogrammda Sohibjamol Esbosinova oltin medalga sazovor böldi. Mehribonu Qudaynazarova kumuş medalni qölga kiritgan bölsa, namanganlik Mahliyo Egamberdiyeva bronza medaliga ega çiqdi. -55 kg. vazn toifasida Sanduğaş Jenbayeva, Dilşoda Matnazarova hamda Aysanem Qurbonayeva şohsupaga kötarildi. Vazni 57 kilogrammgaça bölgan Ulmeken Esenbayeva barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, Özbekiston çempioni degan şarafli nomga sazovor böldi. -59 kilogrammda Sarbinaz Jiyenbayevaga teng keladigani topilmadi.

Şuningdek öz vaznlarida Muhayyo Rahimjonova (65 kg), Svetlana Oqnazarova (68 kg), Sevinçoy Polvonova (72 kg), Ozoda Zaripboyeva (76 kg) kabi kuraşçi qizlarimiz şohsupaning eng yuqori poğonasini band etdi.
Bugun, 13-noyabr kuni mamlakat birinçiligining erkin kuraş bahslariga start beriladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA