Behruz Karimovdan debyut gol: alamli mağlubiyat (+video)
Özbekiston Milliy terma jamoasi xalqaro örtoqlik uçraşuvi doirasida Rossiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Termamiz uçraşuv va ikkinçi bölim avvalida gol urib, 2 ta töp farqi bilan oldinga çiqib olgandi. Biroq ruslar 70-80-daqiqalar içida 3 ta gol urib, kambek amalga oşirişga muvaffaq böldi.
Garçi, mağlubiyatga uçragan bölsak-da, muxlislarimiz ança tomoşabop futbol guvohi böldi. Şuningdek, yoş va iqtidorli futbolçimiz Behruz Karimov terma jamoada özining ilk golini ikki karra Çempionlar ligasi ğolibi sanalgan Matvey Safonov darvozasiga urişga muvaffaq böldi.
ÖzA YouTube sahifasiga yuklangan uşbu videoda Özbekiston - Rossiya bahsi perfomansi, öyin haroratini imkon qadar sizga körsatişga harakat qilamiz.
Karim Xudoyqulov, Oybek Davronov, ÖzA