Neymar kelajakdagi rejalari va faoliyatini yakunlaş ehtimoli haqida gapirdi
Braziliyalik hujumçi 2026-yilda barça musobaqalar doirasida 27 ta uçraşuv ötkazib, 10 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Braziliyaning "Santos" klubi hujumçisi Neymar tizzasidagi muammolar sabab professional faoliyatini yana beş-olti yil davom ettiriş imkoniyati yöqligini bildirdi.
34 yoşli futbolçi kelajakdagi rejalari haqida gapirar ekan, 2030-yilda sobiq futbolçi Jerar Pike tomonidan taşkil etilgan Kings League mediafutbol musobaqasida iştirok etiş istagini ham ma’lum qildi.
"Kings League musobaqasida öynaşni xohlayman. Buni 2030-yilda amalga oşiriş niyatidaman. Yana beş-olti yil professional futbol öynay olamanmi? Yöq. Agar tizzalaringiz menikidek bölganida, buning sababini tuşungan bölardingiz", dedi Neymar.
Braziliyalik hujumçi 2026-yilda barça musobaqalar doirasida 27 ta uçraşuv ötkazib, 10 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Neymarning "Santos" bilan amaldagi şartnomasi 2026-yil dekabr oyi oxirida yakunlanadi. Hozirça futbolçi professional faoliyatini qaçon tugatişi haqida aniq qaror e’lon qilmagan.