Mak Allister: «Muxlislar kelajagimdan xavotir olmasin»
27 yoşli yarim himoyaçi 2023-yil yozida «Brayton»dan «Liverpul»ga ötgan.
«Liverpul» yarim himoyaçisi Aleksis Mak Allister klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Argentinalik futbolçining amaldagi şartnomasi 2028-yil yozida yakunlanadi. U avval ham kelişuvni uzaytiriş istagini bildirgan.
«Hali vaqtimiz bor. Muxlislar bu masalada xavotir olmasin. Hammasi mening öyinimga boğliq. Bor kuçimni beraman va rahbariyat öz qaraşlarini qayta körib çiqişiga umid qilaman.
“Liverpul”da vaqtim ajoyib ötmoqda. Ayniqsa, Premyer ligada çempion bölgan mavsumimiz va Yurgen Klopp qöl ostidagi birinçi yilimni yoqimli xotirlayman. Öşanda özim uçun odatiy bölmagan pozitsiyada öynagandim. Ötgan mavsumni hisobga olmaganda, bu yerdagi faoliyatimdan juda mamnunman», — dedi Mak Allister.
27 yoşli yarim himoyaçi 2023-yil yozida «Brayton»dan «Liverpul»ga ötgan.