Namangan va Italiya: manfaatli kelişuvlar imzolandi
Namangan viloyati hokimi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Şavkat Abdurazzoqov boşçiligida investitsiya sohasiga aloqador mutasaddilar hamda tadbirkorlik subʼektlari vakillaridan iborat delegatsiya Italiyaga taşrif buyurdi.
Yevropa davlatiga amaliy xizmat safari davomida Italiyaning Emiliya-Romanya hududi prezidenti Mikele de Paskale ötkazilgan uçraşuv har ikki tomon uçun ğoyat ahamiyat kasb etdi.
Özbekistonning Italiyadagi elçixonasi tomonidan uyuştirilgan mazkur uçraşuv çoğida ikki hududning sanoat, töqimaçilik va işlab çiqariş yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga alohida urğu berilayotgani hamkorlik uçun muhim poydevor ekanligini qayd etdi.

Muloqot davomida hududlararo hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, özaro delegatsiyalar taşriflarini taşkil etiş, Namanganga investitsiya mablağlarini jalb qiliş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Maʼlumot örnida, Emiliya-Romanya Italiyaning rivojlangan hududlaridan biri hisoblanib, uning yalpi içki mahsulot hajmi 203 milliard yevrodan ziyodni taşkil etadi va aholi jon boşiga töğri keladigan körsatkiç böyiça mamlakatda ikkinçi örinda turadi. Bu joyda maşinasozlik, avtomobilsozlik, sanʼat va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. “Ferrari”, “Lamborghini”, “Ducati”, “Max Mara”, “Technogym”, “Pagani”, “Dallara”, “Barilla” singari dunyoga donği ketgan taniqli kompaniyalar faoliyat yuritadi.

Bundan taşqari taşrif doirasida Bolonya va Rim şaharlarida Italiyaning işbilarmon doiralari bilan aloqalarni mustahkamlaş maqsadida bir qator ikki tomonlama biznes-forumlari taşkil etildi.
– Muloqot va muzokaralarda 100 dan ortiq yetakçi kompaniya mutasaddilari qatnaşib, köplab “B-2-B” formatidagi uçraşuvlar ötkazildi, – deydi Namangan viloyati hokimining investitsiyalar, savdo va sanoat masalalari böyiça örinbosari Oqibjon Inomov. – Ularda qişloq xöjaligi, maşinasozlik, töqimaçilik va logistika sohalarida savdo va investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlari körib çiqildi. Viloyatimizdagi korxonalarining Italiya bozoriga çiqişi, eksport jöğrofiyasini kengaytiriş va qöşma işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş borasida şartnomalar imzolandi.

Taşrif mobaynida Italiyaning yirik kompaniyalari va soha uyuşmalari rahbarlari bilan ham muzokaralar ötkazildi. Jumladan, “Vinarjia Marko”, “SMI Group”, “Gamma Meccanica” va “Bonifiche Ferraresi” kompaniyalari bilan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş va intensiv boğdorçilik yönalişlarida katta miqdordagi investitsiya va eksport şartnomalari imzolandi.
Şuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida ham muhim kelişuvlarga erişildi. Yurtimizdagi agrar tarmoq mutaxassislarini Italiyada mavsumiy işga jalb qiliş loyihasi rasman yölga qöyildi. Dastlabki bosqiçda işlaş uçun kelgan 40 nafar vatandoşimiz uçun dasturxon yozilib, ular bilan suhbat ötkazildi. Şaxsan Namangan viloyati hokimi hamyurtlarimizning yaşaş va iş joylari közdan keçirdi.

Italiyaning “Salvi” kompaniyasi bilan özbekistonlik fuqarolarni qişloq xöjaligi sohasida iş bilan taʼminlaş masalalari muhokama qilinib, kelgusi yillarda qöşimça ming nafar fuqaroni işga jalb qiliş böyiça kelişuvga erişildi.
Qolaversa, Hududlar va avtonomiyalar vazirligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (“FAO”) rahbariyati bilan uçraşuvlar uyuştirilib, ularda hamkorlikda boğlarni yangilaş, tomçilatib suğoriş, akvakultura va fermerlik böyiça grant loyihalarini yölga qöyiş böyiça fikr va takliflar almaşildi.

Eʼtirof etiş darkor, taşrif davomida erişilgan bitimlar Özbekiston–Italiya iqtisodiy aloqalarini kengaytiriş hamda ikki mamlakat hududlari örtasidagi töğridan-töğri hamkorlikni rivojlantirişni yangi sifat bosqiçiga çiqişiga xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri