Murodjon Yöldoşev Zagreb Gran-prisida kumuş medalni qölga kiritdi
Uşbu vazn toifasida bronza medallari ukrainalik Mixaylo Svidrak va kanadalik Olive Ganyonga nasib etdi.
Özbekistonlik dzyudoçi Murodjon Yöldoşev 14-noyabr kuni Xorvatiya poytaxti Zagrebda ötkazilgan Gran-prida 81 kilogrammgaça vazn toifasida ikkinçi örinni egalladi. U finalda musobaqaning birinçi raqamli sportçisi, kanadalik Fransua Gotye-Drapo bilan kuç sinaşdi.
Bellaşuvning asosiy vaqtida ikki sportçi ham baho olmadi. Har ikki dzyudoçiga ikkitadan şido ogohlantirişi berildi va bahs golden score — ğolibni aniqlovçi qöşimça vaqtga ötdi.
Qöşimça vaqtda Yöldoşev raqibining hujumidan söng uning qöliga oğritiş usulini qöllaşga urindi. Gotye-Drapo bu usuldan çiqib ketdi va keyingi hujumda oyoq çaliş orqali yuko bahosini olib, oltin medalni qölga kiritdi.
Uşbu vazn toifasida bronza medallari ukrainalik Mixaylo Svidrak va kanadalik Olive Ganyonga nasib etdi.