Jahongir Zokirov professional boksdagi uçinçi ğalabasini qölga kiritdi
Hamyurtimiz Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida taşkil etilgan boks oqşomida kanadalik Brandon Kolantanioni texnik nokaut bilan mağlub etdi.
Özbekistonlik boksçi Jahongir Zokirov professional faoliyatidagi navbatdagi ğalabasini qölga kiritdi. Hamyurtimiz Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida taşkil etilgan boks oqşomida kanadalik Brandon Kolantanioni texnik nokaut bilan mağlub etdi.
Zuffa Boxing taşkiloti tomonidan ötkazilgan musobaqada oğir vazn toifasida ringga kötarilgan Zokirov dastlabki raunddanoq taşabbusni öz qöliga oldi.
Özbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Akmal Hasanovning körsatmalariga amal qilgan boksçimiz birinçi raund davomida raqibini ikki marta nokdaun holatiga tuşirdi.
Kolantanio dastlabki raundni yakunlaşga muvaffaq bölgan bölsa-da, uning murabbiylar ştabi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi. Natijada Zokirovga ikkinçi raund boşlanişidan avval texnik nokaut bilan ğalaba berildi.
Mazkur jangga qadar kanadalik boksçining professional faoliyatidagi körsatkiçi 8 ta ğalaba, 2 ta mağlubiyat va 1 ta nokautdan iborat edi.
Şu tariqa, Jahongir Zokirov professional ringdagi mağlubiyatsiz yurişini davom ettirib, öz rekordini 3:0 körinişiga yetkazdi.