Muhtojlarga muruvvat
Samarqand viloyat hokimligi, Özbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali tomonidan keng kölamli xayriya tadbiri ötkazildi.
3-dekabr – Xalqaro nogironligi bölgan şaxslar kuni munosabati bilan taşkil etilgan tadbir doirasida viloyatning turli hududlaridagi 420 dan ziyod xonadonga kirilib, ehtiyojmand oilalar, yetimlar, bemorlar, nogironligi bölgan fuqarolar va yolğiz yaşayotgan nuroniylarning holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari va turli sovğa-salomlar topşirildi.

– Muqaddas dinimizda miskin bir insonning könglini şod etiş eng uluğ amallardan sanalgan, – deydi Samarqand viloyati boş imom-xatibi vazifasini bajaruvçi Nursulton Abdumannonov. – Ayniqsa, muhtoj kişilar, töşakda yotib qolganlar holidan xabar oliş, ularni yöqlaşning savobi juda kattadir. “Vaqf” fondi kömagida taşkil etilgan mazkur tadbirimiz tufayli yuzlab oilalarga quvonç ulaşildi, mehr-muruvvat körsatildi. Şu bilan birga uşbu xayrli taşabbus aholi örtasida mehr-oqibat, saxovatpeşalik va bağrikenglikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi, albatta.

Viloyatda xalqaro nogironligi bölgan şaxslar kuniga bağişlangan xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri