Özbekiston 2030-yilgaça turizmni ikki barobar oşiradi: sifat ustuvor
Özbekiston turizm sohasida ulkan maqsadlar belgiladi. Bunga erişiş faqatgina raqamlar bilan emas, balki sayyohlarga körsatilayotgan xizmat va mehmondöstlik sifati bilan ölçanadi.
Özbekistonda turizm sohasini isloh qiliş, yangi yondaşuv va zamonaviy mexanizmlarni joriy etiş, mamlakatning xalqaro turistik bozordagi raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida bir qator muhim vazifalar belgilangan. Xususan, 2030-yilga qadar turizm sohasining yalpi içki mahsulotdagi uluşini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgaça yetkaziş, çet ellik turistlar sonini yiliga 10 million nafardan 20 million nafargaça oşiriş, jumladan, tölov qobiliyati yuqori bölgan sayyohlar oqimini köpaytiriş, turizm xizmatlari eksporti hajmini 6 milliard AQŞ dollaridan oşiriş maqsad qilingan. Şuningdek, turistik şaharlar örtasidagi transport boğlanişini yaxşilaş, içki aviaqatnovlar sonini köpaytiriş, yölga sarflanadigan vaqtni kamida uç baravar qisqartiriş, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar sonini ikki baravarga oşiriş ham ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.
Uşbu maqsadlarga erişişda turizm infratuzilmasini zamonaviylaştiriş, mehmonxona va joylaştiriş vositalarini köpaytiriş va sifatli taşkil etiş, xalqaro transport qatnovlarini kengaytiriş, hududlarda yangi turistik mahsulot va yönalişlarni şakllantiriş alohida örin tutadi. Şuningdek, ziyorat, madaniy-tarixiy, gastronomik, ekoturizm, toğ va qişki turizm kabi yönalişlarni rivojlantiriş orqali mamlakatning mavjud turistik salohiyatidan yil davomida samarali foydalaniş imkoniyatlari kengayadi. Bunda turistik xizmatlar sifatini xalqaro talablar darajasiga olib çiqiş, sohada malakali kadrlar tayyorlaş, raqamli texnologiyalar va zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, turistik oqimni Toşkent, Samarqand va Buxoro kabi anʼanaviy markazlardan taşqari mamlakatning boşqa hududlariga ham yönaltiriş, mahalliy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholi bandligini taʼminlaş orqali turizmning hududlar iqtisodiyotiga qöşayotgan hissasini yanada oşiriş mumkin.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida 11 million 622 ming 103 nafar çet el fuqarosi turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan. Bu raqamlar yurtimizga bölgan qiziqiş ortib borayotganini körsatadi. Ammo masalaning yana bir muhim jihati bor: mamlakatimizga kelgan har bir sayyoh bu yerdan qanday taassurot bilan qaytmoqda? Çunki sayyohlarni mamlakatga jalb qilişning özi kifoya emas. Aslida, turistni yurtimizga taklif etiş katta mehnat bölsa, uni yaxşi taassurotlar bilan kuzatiş undan-da masʼuliyatli. Sayyoh safar davomida nafaqat tarixiy obidalar, zamonaviy binolar yoki betakror tabiatni, balki odamlar bilan muloqot, xizmat körsatiş sifati, duç kelgan qulaylik va muammolarni ham baholaydi.
— Xorijlik sayyohning mamlakat haqidagi dastlabki taassuroti aeroport yoki vokzaldanoq şakllana boşlaydi, — deydi Turizm qömitasi mutaxassisi Şerzod Sultonov. — U begona zaminga qadam qöygan ilk daqiqalardanoq atrof-muhitni his qiladi. Transport xizmati, yöl körsatkiçlari, axborot oliş imkoniyati, valyuta ayirboşlaş şoxobçalari, sanitariya-gigiyena şaroiti — bularning barçasi uning dastlabki taassurotiga taʼsir körsatadi. Masalan, xorijlik mehmon şaharning diqqatga sazovor joylariga borişni istaydi. Ammo manzilga qanday yetib olişni bilmasligi, jamoat transportida kerakli maʼlumotni topa olmasligi yoki til tösiğiga duç kelişi mumkin. Bunday vaziyatda hatto eng gözal manzil ham sayyoh uçun noqulaylik manbaiga aylanadi. Şu bois turizm infratuzilmasini rivojlantiriş deganda faqat mehmonxona quriş, yangi dam oliş maskanlarini oçiş yoki tarixiy obidalarni taʼmirlaşni tuşunmaslik kerak. Eng avvalo, sayyohning harakatlanişi, maʼlumot olişi va kundalik ehtiyojlarini qondirişi uçun yaxlit tizim yaratiş zarur.
Bunda turistik manzillarning özaro transport boğliqligi, jamoat transportining qulayligi, aeroport va vokzallardan şahar markazlari hamda diqqatga sazovor joylarga yetib boriş imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, sayyoh mamlakatimizda bölgan davrida özini begona emas, balki qadrli mehmon sifatida his qilişi kerak. Zero, sayyoh bilan muloqotga kirişadigan har bir inson mamlakatning öziga xos qiyofasini namoyon etadi. Şu nuqtai nazardan, turizmda raqobatbardoşlikni belgilaydigan asosiy omillardan biri — sayyoh uçun safarning boşidan oxirigaça qulay, xavfsiz va uzluksiz şaroit yaratiş. Çunki yaxşi taassurot bilan qaytgan turistning yana taşrif buyurişi, yaqinlari va tanişlariga Özbekistonni tavsiya qilişi ehtimoli yuqori böladi. Eng asosiysi, turizmdan olinadigan iqtisodiy samara faqat mamlakatga kelgan sayyohlar soni bilan emas, balki ularning safar davomidagi xarajatlari qançalik köp mahalliy xizmatlar va tadbirkorlik subʼektlariga yönaltirilgani bilan ham belgilanadi. Şu bois har bir turistik hududda mehmonni uzoqroq qolişga undaydigan, uning sayohatini mazmunli, xavfsiz va qulay qiladigan yaxlit xizmatlar tizimini şakllantiriş muhim. Şunda turistik salohiyat hududlar iqtisodiyotining ösişi, yangi iş örinlari yaratilişi va aholi farovonligini oşirişning barqaror manbaiga aylanadi.
Mutaxassis taʼkidlaganidek, bugungi turist nafaqat mehmonxonadagi şaroit yoki restorandagi taom sifatini, balki öziga körsatilayotgan munosabat, xizmatlarning şaffofligi va qulayligini ham baholaydi. Masalan, xizmatlar narxining oldindan aniq körsatilişi, hisob-kitoblarda şaffoflik, turistdan asossiz qöşimça haq talab qilinmasligi va murojaatlariga tezkor munosabat bildirilişi işonçni mustahkamlaydi. Aksinça, bunday talablarga rioya etilmasligi nafaqat bir sayyohning, balki mamlakatning turistik imijiga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şuning uçun milliy mehmondöstlik anʼanalarini zamonaviy xizmat körsatiş madaniyati va xalqaro standartlar bilan uyğunlaştiriş muhim. Bu borada sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oşiriş, xorijiy tillarni biliş darajasini yaxşilaş, muomala madaniyatini şakllantiriş va xizmat körsatişda yagona sifat mezonlariga amal qiliş alohida ahamiyatga ega.
Xorijlik sayyohlar Özbekiston haqida nima deydi?
Doktor Mikael Hartman Toşkent, Samarqand va Buxoroga safaridan söng şunday fikr bildirgan. “Özbekiston xalqi va tarixi menda ajoyib taassurot qoldirdi. Men bu diyorga yana qayta sayohat qilişdan behad minnatdor bölaman.” U taşrifi davomida mahalliy aholining mehmondöstligi, samimiyligi va yordamga tayyorligini alohida taʼkidlagan.
2026-yil may oyida Özbekistonga jufti bilan 12 keçalik safar qilgan Jayanta Sen mehmonxona va temir yöl çiptalarini bron qiliş, aeroportdan kutib oliş, ingliz tilida sözlaşuvçi gidlar va transport xizmati yaxşi taşkil etilganini qayd etgan. U mahalliy turistik xizmatlar va xodimlarning xuşmuomalaligini alohida eʼtirof etib, Özbekistonga sayohat qilişni boşqa xorijliklarga ham tavsiya qilgan.
Yurtimizga taşrif buyurgan germaniyalik sayyoh “Uzbekistan Airways” jurnaliga bergan taassurotida mahalliy oila uni qişloqdagi xonadoniga mehmonga çaqirgani, dasturxon yozib, hatto yölga oziq-ovqat ham tayyorlab berganini hikoya qiladi. Uning aytişiça, özbek xalqining mehribonligi va beğaraz yordami unda unutilmas taassurot qoldirgan. Italiyalik sayyoh Roberta Karls Özbekistonga yuqori kutilmalar bilan kelganini, ammo safar uni kutganidan ham köproq hayajonlantirganini yozgan. U tarixiy maskanlar, qulay mehmonxonalar, yaxşi taşkil etilgan transport va mahalliy gidning kasbiy mahoratini eʼtirof etgan. Özbekona lutf, milliy mehmondöstlik haqida töxtalib ötgan.

Darhaqiqat, özbek xalqi azaldan mehmondöstligi bilan tanilgan. Millatimizning uşbu fazilatini köplab xorijliklar ham yaxşi bilişadi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA