Milliy tibbiyot tarmoğida innovatsion yondaşuvlar va xorijiy mutaxassislar bilan yangi loyihalar
«Darmon» axborot tizimida dori vositasining davlat röyxatidan ötkazilganlik guvohnomasiga qöşimça va özgartirişlar kiritiş böyiça arizalarni elektron qabul qiliş yölga qöyildi.
Mazkur jarayonni raqamlaştiriş va tezkorlikni oşiriş maqsadida uşbu xizmat böyiça qoğoz şaklidagi hujjatlarni qabul qiliş töxtatildi. Barça murojaatlar faqat elektron tarzda qabul qilinadi.
Özbekiston Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi delegatsiyasi Ostona şahrida xizmat safarida bölib, Qozoğistonning tibbiyot texnologiyalarini baholaş (HTA) va dori taʼminoti tizimi tajribasini örgandi. Safar davomida Milliy ilmiy soğliqni saqlaşni rivojlantiriş markazi hamda «SK-Farmatsiya» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazilib, klinik-iqtisodiy tahlil, dorilarni markazlaştirilgan xarid qiliş va narxlarni şakllantiriş mexanizmlari muhokama qilindi.
Şuningdek, Qozoğiston farmakoiqtisodiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi rahbari bilan hamkorlik va mutaxassislar salohiyatini oşiriş masalalari körib çiqildi. Töplangan ilğor tajriba milliy amaliyotni takomillaştiriş va uşbu yönalişda muhim qarorlarni qabul qilişda asos böladi.
***
Milliy tibbiyot markazida Amerikaning dunyoga maşhur «Johns Hopkins Medicine» muassasasi vitse-prezidenti iştirokida uçraşuv va oçiq maʼruza taşkil etildi. Unda mazkur ilğor muassasaning faoliyati, taşkiliy tuzilmasi, şuningdek, tibbiy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va klinik amaliyotni rivojlantiriş tajribasi keng yoritildi.
Tadbir davomida tibbiyot sohasida innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş, hamşiralik xizmatini zamon talablari asosida takomillaştiriş hamda ilmiy izlanişlarning tibbiyot taraqqiyotidagi örni muhokama qilindi. Şuningdek, mehmon tomonidan markazning xalqaro miqyosdagi faoliyati va ilmiy hamkorlik aloqalari yuzasidan maxsus taqdimotlar namoyiş etildi.
***
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi, BMTning Loyihalarga xizmat körsatiş boşqarmasi (UNOPS) hamda «Uzinfocom» hamkorligida laboratoriyalar faoliyatini raqamlaştiriş va jarayonlarni avtomatlaştirişga bağişlangan öquv seminarlari ötkazilmoqda. Toşkent şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasida ötkazilayotgan maşğulotlarning asosiy maqsadi mutaxassislarga «Laboratoriya axborot tizimi» (LIS)dan samarali foydalanişni örgatiş hamda ularning amaliy malakasini oşirişdan iborat.
Mutaxassislar iştirokidagi uşbu kaskad öquv maşğulotlari joriy yilning 5-dekabriga qadar davom etib, unda hududiy laboratoriya xodimlari bosqiçma-bosqiç qamrab olinadi. Har bir guruh uçun maxsus tayyorgarlikdan ötgan trenerlar tomonidan nazariy va amaliy maşğulotlar taşkil etilişi rejalaştirilgan.
***
«Gustave Roussy International Uzbekistan»da «Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlari töqimalarini makroskopik baholaş» mavzusidagi navbatdagi ilmiy-amaliy seminar ötkazildi. Taniqli mutaxassislar: doktor Orkun Akman hamda Sevilay Özmenning maʼruzalari tinglandi.
Seminar davomida qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlari töqimalarini baholaş, patologik özgarişlarni aniqlaş hamda diagnostikadagi eng zamonaviy yondaşuvlar atrofliça muhokama qilindi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA