Bugun – Butunjahon muddatdan oldin tuğilgan çaqaloqlar kuni
Şaffof oynali idişdagi mittigina çaqaloqlar turli sabablarga köra, muddatidan oldin tuğiladi. Kuvez yoki inkubator deb nomlanuvçi uşbu kaşfiyot gödakka ona qornidagi muhitni eslatuvçi iliqlik va xavfsizlikni beradi. Tana haroratini möʼtadil saqlaydi, nozik terisidan namlik buğlanib ketişining oldini oladi. Hali taşqi mikroblarga qarşi tura olmaydigan nozik organizmni har qanday xavfdan işonçli himoya qiladi.
Har yili dunyo miqyosida qariyb 15 million çaqaloq muddatidan oldin – homiladorlikning 37 haftasiga yetmasdan dunyoga keladi. Bu global miqyosda har önta çaqaloqdan bittasi erta tuğilişini anglatadi. Tibbiyot ilmi şiddat bilan rivojlanib, ilgari hayotga layoqatsiz deb hisoblangan gödaklarni ham saqlab qoliş imkoniyati yaratilganiga qaramay, çala tuğiliş muammosi hamon dunyodagi eng dolzarb tibbiy-ijtimoiy masalalardan biri bölib qolmoqda. Çunki bu holat bevosita gödaklar ölimi va ularning kelajakdagi salomatligi bilan boğliq.
Dunyo böylab bu boradagi vaziyat mamlakatlarning iqtisodiy rivojlaniş darajasiga köra keskin farq qiladi. Statistik maʼlumotlarga köra, çala tuğiliş holatlarining katta qismi past va örta daromadli davlatlarga töğri keladi. Biroq, rivojlangan mamlakatlarda ham bu körsatkiç xavotirli darajada saqlanib qolmoqda. Masalan, AQŞ va ayrim Yevropa davlatlarida sönggi ön yilliklarda sunʼiy uruğlantiriş (EKO) texnologiyalarining ommalaşişi hamda homilador ayollarning yoşi kattalaşişi hisobiga erta tuğiliş holatlari köpaygan. Kambağal va uruşlar yoki inqirozlar ostidagi hududlarda esa asosiy muammo sifatli tibbiy yordamning yetişmasligi, onalar salomatligining pastligi va infeksiyalarning keng tarqalganidir.
Bu global muammoning kelib çiqişiga turli sabablar taʼsir körsatadi. Tibbiy tadqiqotlarga köra, asosiy omillar qatoriga onaning yoşi (öta yoş yoki 35 yoşdan oşganlar), surunkali kasalliklar (yuqori qon bosimi, qandli diabet), homiladorlik paytidagi stress va infeksiyalar, şuningdek, ikki homiladorlik örtasidagi qisqa vaqt oraliği kiradi. Bundan taşqari, erta tuğilişlarga ekologik muammolar, nosoğlom turmuş tarzi, oğir jismoniy mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy tengsizliklar ham sezilarli taʼsir körsatadi. Köp hollarda esa sabablarni aniqlab bölmaydi va tösatdan tuğuruq boşlanib ketadi.
Çala tuğilişning oqibatlari esa juda oğir va köp qirrali bölib, birinçi navbatda, bu holat bevosita gödaklar ölimining asosiy sababi hisoblanadi. Hali töliq rivojlanmagan öpka, yurak va boşqa muhim aʼzolar taşqi muhitga moslaşişda qiynaladi. Tirik qolgan bolalarda ham kelgusida köriş, eşitiş qobiliyatining pasayişi, asab tizimining buzilişi, ruhiy rivojlanişdan orqada qoliş kabi surunkali muammolar kuzatilişi mumkin. Bu oilalar uçun ulkan ruhiy va moddiy zarba bölsa, jamiyat va davlat soğliqni saqlaş tizimiga katta iqtisodiy yuk yuklaydi.
Ana şunday oğir oqibatlarning oldini oliş va mutlaqo erta dunyoga kelgan gödaklarni hayotga qaytarişda zamonaviy tibbiyot bugungi kunda ulkan yutuqlarni qölga kiritmoqda. Xususan, yangi tuğilgan çaqaloqlar reanimatsiyasida qöllanilayotgan yuqori texnologik inkubatorlar gödakning tana harorati va namlikni mukammal ravişda saqlaydi. Öpkasi hali yetilmagan çaqaloqlar uçun sunʼiy nafas oliş apparatlari va maxsus himoya moddasi – surfaktant terapiyasi qöllanilib, ularning mustaqil nafas olişi taʼminlanmoqda. Şuningdek, juda kam vazn bilan tuğilgan çaqaloqlarga maxsus zondlar orqali ozuqa beriş, miniatyura şaklidagi monitorlar orqali yurak urişi va kislorod darajasini soniya sayin nazorat qilib boriş imkoniyati yaratilgan. Dori-darmonlar va immunitetni qöllab-quvvatlovçi zamonaviy usullar minglab gödaklarning hayotini saqlab qolişga xizmat qilmoqda.
Dunyodagi bu umumiy manzaradan Özbekiston ham çetda qolmaydi. Mamlakatimizda ham onalik va bolalikni muhofaza qiliş, xususan, çala tuğilgan çaqaloqlarni soğlomlaştiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Sönggi yillarda bu borada ulkan özgarişlar amalga oşirildi. Jumladan, respublikamizdagi perinatal markazlar va tuğuruq komplekslari eng sönggi rusumdagi zamonaviy kuvezlar, sunʼiy nafas oliş apparatlari hamda yuqori aniqlikdagi reanimatsiya uskunalari bilan taʼminlandi.
Tibbiyotimizdagi tub islohotlar natijasida bugun ular 22 haftalik, 500 gramm va undan ortiq vaznda tuğilgan gödaklarning hayotini ham saqlab qolmoqda. Bu Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga töliq mos keladi.
– Hozir 500 grammdan ortiq tuğilgan bolalarning hammasi tirik tuğilgan çaqaloqlar qatoriga kiradi. Bir voqea heç esimdan çiqmaydi: 700 grammli çaqaloq tuğilganda, hatto oila aʼzolari yaşab ketişiga işonişmagan. Allohning möʼjizasi bilan şu gödak yaşab qoldi. Ota-onasini çaqirib gödakni qöllariga tutqazganimizda, farzandimizning oldida ham uyatli böldik, deb xijolat bölişgan edi. Bu bilan nima demoqçiman, bunday gödaklarga yordam beriş uçun barça imkoniyatlar yetarli, markazimiz kerakli barça maxsus apparatlar bilan taʼminlangan. Ularning har bir organini tekşira olamiz va kerakli yordamni körsatamiz, – deydi Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toşkent şahar filiali şifokori Malika Usmanova.
Bu kabi muammolarni bartaraf etiş va xizmat sifatini yangi bosqiçga kötariş maqsadida yurtimizda qator hujjatlar qabul qilingan. Xususan, 2022-yil 25-aprelda qabul qilingan “2022-2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilişni kuçaytiriş töğrisida”gi Prezident qarori bu borada dasturiy hujjat bölib xizmat qilayotir. Uşbu qarorda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, jumladan, erta tuğilişlarning oldini oliş böyiça kompleks çora-tadbirlar belgilangan. Hujjat doirasida perinatal va neonatal xizmatlarni rivojlantiriş, homiladorlik paytidagi asoratlarni barvaqt aniqlaş va xavf guruhidagi ayollarga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatişni takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Şuningdek, Prezident va Hukumatning soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişga qaratilgan boşqa farmon va qarorlari ijrosi taʼminlanmoqda. JSST va YUNISEF kabi xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda yangi milliy klinik protokollar, şu jumladan ota-onalar va şifokorlar amaliyotiga keng joriy etilayotgan «Kenguru usuli» kabi xalqaro standartlar qöllanilmoqda. Bu çoralarning barçasi har bir mitti insonning hayot uçun kuraşida ğalaba qozonişi va soğlom kelajakka qadam qöyişiga yordam beradi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA