MIB: farzandlar onasi bağriga qaytarildi
Farzand uçun ona mehridan, uning ğamxörligi va mehribonligidan ortiq baxt yöq.
Zero, bolaning soğlom va barkamol ulğayişida oila muhiti, ota-ona mehri va eʼtibori beqiyos ahamiyat kasb etadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Fuqarolik işlari böyiça Beruniy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan ikki nafar farzandni otasi D.D.dan onasi M.K.ning tarbiyasiga olib beriş belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgaç, davlat ijroçilari tomonidan uning qonuniy va öz vaqtida ijro etilişini taʼminlaş çoralari körildi. Olib borilgan tuşuntiriş işlari öz samarasini berdi.
Natijada, javobgar tomonidan farzandlar onasiga topşirilib, ikki nafar voyaga yetmagan bola ona bağriga qaytarildi va sud qarori ijrosi amalda taʼminlandi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri