Sunʼiy intellekt imkoniyatlari bilan tanişişdi
Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasida muddatli harbiy xizmatçilarga zamonaviy taʼlim texnologiyalari va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini taniştirişga qaratilgan tarğibot tadbiri ötkazildi. Unda «USTOZ-AI» platformasi orqali mustaqil bilim oliş, yangi könikmalarni egallaş va intellektual salohiyatni oşiriş imkoniyatlari namoyiş etildi.
Mazkur tadbir Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi hamda viloyat Yoşlar işlari boşqarmasi hamkorligida taşkil etildi.

Taqdimot davomida harbiy xizmatçilarga platformaning asosiy funksiyalari, undan foydalaniş tartibi va taʼlim jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalarining ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, mustaqil taʼlim oliş, öz ustida işlaş, yangi bilim va könikmalarni özlaştiriş imkoniyatlari amaliy misollar orqali tuşuntirildi.

— Bugungi kunda zamonaviy bilim va raqamli texnologiyalarni puxta egallaş yoşlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uçun muhim omillardan biridir. Harbiy xizmat davrida ham bilim oliş, öz ustida işlaş va intellektual salohiyatni oşiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş zarur. «USTOZ-AI» kabi platformalar yoşlarning mustaqil taʼlim olişiga kömaklaşib, ularning dunyoqaraşi va bilim doirasini kengaytirişga xizmat qiladi, — deydi Özbekiston Yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi harbiy bölimi boşliği Furqatjon Azimov.

Tadbirda iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, platformadan amaliy foydalaniş yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri