«Mançester Siti» Mareskani iste'foga çiqarmaslikka qaror qildi
«Şaharliklar» Angliya Premyer-ligasining sönggi tört turida ğalaba qozona olmadi.
Abduqodir Husanov töp tepayotgan Angliyaning «Mançester Siti» klubi sönggi uçraşuvlardagi qoniqarsiz natijalarga qaramay, boş murabbiy Enso Mareskaga işonç bildirişda davom etmoqçi.
The Touçline manbasining xabar berişiça, klub rahbariyati jamoaning natijalaridan qat'i nazar, italiyalik mutaxassisni 2026/27-yilgi mavsum yakuniga qadar öz lavozimida saqlab qoliş niyatida.
Qayd etilişiça, tomonlar mavsum boşlanişidan avvalroq Mareskaning kelajagi masalasini 2027-yil yoziga qadar muhokama qilmaslikka kelişib olgan.
«Şaharliklar» rahbariyati «Mançester Yunayted» va «Çelsi» singari murabbiylarni tez-tez almaştiriş amaliyotidan qoçmoqçi. Bu borada klub Londonning «Arsenal» jamoasi tajribasidan örnak olmoqda. Londonliklar Mikel Artetaning dastlabki mavsumlaridagi qiyinçiliklarga qaramay, ispaniyalik mutaxassisga yetarli vaqt bergan edi.
«Mançester Siti» Angliya Premyer-ligasining sönggi tört turida ğalaba qozona olmadi. Jamoa «Aston Villa» (1:2), «Brayton» (0:1) va «Nottingem Forest»ga (1:3) yutqazgan bölsa, «Fulhem» (1:1) bilan durang öynadi.
Mareska şogirdlari 11 turdan söng 22 oçko bilan APL turnir jadvalida uçinçi örinni egallab turibdi.