Afrika millatlari kubogi. CAS final böyiça qarorini bugun e’lon qiladi
17-mart kuni Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) apellyatsiya qömitasi Senegalga 0:3 hisobida texnik mağlubiyat yozdi va çempionlik unvonini Marokashga bergandi.
Sport arbitraj sudi (CAS) bugun, 24-noyabr kuni Senegal futbol federatsiyasining Afrika millatlari kubogi finali yuzasidan bergan apellyatsiyasi böyiça qarorini e’lon qiladi. «Marca» manbalariga köra, sud Marokash foydasiga çiqarilgan qarorni öz kuçida qoldirişi kutilmoqda. CAS hozirça qaror qachon e’lon qilinişini tasdiqladi.
18-yanvar kuni ötgan finalning 90+9-daqiqasida hakam Marokash foydasiga penalti belgiladi. Qarorga norozilik bildirgan Senegal futbolçilari maydonni tark etdi. Sardor Sadio Mane jamoadoşlarini qaytişga köndirgach, öyin davom etdi. Brahim Dias penaltidan foydalana olmadi. Qöşimça vaqtda Pap Geye yagona golni urib, Senegalga 1:0 hisobida ğalaba keltirdi.
17-mart kuni Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) apellyatsiya qömitasi Senegalga 0:3 hisobida texnik mağlubiyat yozdi va çempionlik unvonini Marokashga berdi. Senegal futbol federatsiyasi şu qaror ustidan CASga şikoyat qilgan.