Malakali mutaxassislar tayyorlaşdagi muhim qadam
Dual taʼlim tizimi talabaning nazariy bilimi va amaliy tajribasini uyğunlaştirişga, malakali kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tizim taʼlim jarayoni bilan işlab çiqariş örtasidagi uzviy boğliqlikni kuçaytirib, talaba yoşlarning amaliy könikmalarini boyitiş bilan birga, mehnat bozorida raqobatbardoşligini yanada oşiradi.
Andijonda “Dual taʼlim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi. Dual taʼlimni taşkil etiş böyiça Andijon tajribasi” mavzusida ötkazilgan xalqaro anjuman institutimiz mutaxassislari, professor-öqituvçilarining ana şu yönalişdagi bilim va tajribalarini yanada boyitişga xizmat qildi.
Albatta, bu borada institutimizda ham muayyan işlar olib borilmoqda. Malakali mutaxassislar tayyorlaşda dual taʼlimning amaliy samaralari böy körsatmoqda. Bugungi kunda institutimizda yigirmaga yaqin ixtisoslik yönalişi böyiça 6 ming 794 nafar talaba tahsil oladi. Ularning 621 nafari bitiruvçilardir.
Bitiruvçilarimiz, şu bilan birga, yuqori bosqiçlarda tahsil olayotgan jami 1 ming nafardan ortiq talabalarimiz dual taʼlimga jalb etilgan. Viloyatdagi 34 ta qişloq xöjaligi yönalişidagi korxona va xöjaliklar bilan hamkorlik yölga qöyilgan.

Xalqaro anjumanda Özbekiston va Germaniya örtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, dual taʼlim tizimini rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribalarni milliy taʼlim amaliyotiga joriy etiş hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardoş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalari atrofliça muhokama qilingandi.
Dual taʼlim tizimini yanada rivojlantirişga keng imkoniyatlar eşigini oçib bergan xalqaro anjuman taʼlim tizimini takomillaştiriş, innovatsion yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etiş, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş, malakali mutaxassislar tayyorlaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Tohirjon SULTONOV,
Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori, texnika fanlari doktori.