Dual taʼlim istiqbollari muhokama qilindi
Andijonda “Dual taʼlim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi. Dual taʼlimni taşkil etiş böyiça Andijon tajribasi” mavzusida xalqaro anjuman bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan, Taşqi işlar, Investitsiya, sanoat va savdo vazirliklari, Andijon viloyati hokimligi hamkorligida ötkazilgan xalqaro anjumanda Özbekiston va Germaniya örtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, dual taʼlim tizimini rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribalarni milliy taʼlim amaliyotiga joriy etiş hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardoş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalari atrofliça muhokama qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev, Özbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Dilşod Axatov, mamlakatimiz oliy öquv yurtlari rektorlari, dual taʼlim böyiça yurtimiz va Germaniya oliy taʼlim muassasalari mutasaddi va mutaxassislari iştirok etgan anjuman qatnaşçilari dastlabki ijtimoiy-gumanitar, qişloq xöjaligi, texnika, tibbiyot va pedagogika yönalişlari böyiça guruhlari doirasida Andijon viloyatidagi qator işlab çiqariş korxonalari, tibbiyot, taʼlim muassasalarida bölişib, ularda yölga qöyilgan dual taʼlim jarayonlari, talabalarni amaliy-kasbiy tayyorlaş, şuningdek, taʼlim muassasasi va iş beruvçi örtasidagi hamkorlik tajribalari bilan tanişdi.
[gallery-32678]
Jumladan, ijtimoiy-gumanitar yönalişdagi guruh aʼzolari “Uz-Tian jiao xong An” korxonasi, viloyat ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi, “Tezkor Glass group” masʼuliyati çeklangan jamiyati hamda Andijon viloyati arxivida, qişloq xöjaligi yönalişi iştirokçilari esa “Longping-Beryeke” özbek-xitoy uruğlik çigit tayyorlaş korxonasi, “Asr umidi” masʼuliyati çeklangan jamiyati, Oltinköl tumanidagi “Baxt Imkon rivoj” fermer xöjaligi, Baliqçi tumanidagi “Chinobod real biznes” korxonasi faoliyati, şuningdek, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda dual taʼlim tizimini yölga qöyiş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.
Texnika yönalişi guruhi aʼzolari elektrobuslar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Kambel”, gidroelektr stansiyalar uçun jihoz va uskunalar işlab çiqaruvçi “Andijon Jinlun”, suv hisoblagiçlar işlab çiqaruvçi “Sanchuan” hamda kiçik hajmdagi yuk maşinalari işlab çiqaruvçi “FAW Truck” korxonalarida bölişdi.
Taşriflar davomida korxonalarda yaratilgan işlab çiqariş şaroitlari, zamonaviy texnologik jarayonlar, işlab çiqariş quvvatlari hamda korxona faoliyatining asosiy yönalişlari bilan yaqindan tanişildi.
Şuningdek, iştirokçilarga korxonalarda dual taʼlim tizimi asosida talabalarni işlab çiqariş jarayonlariga jalb etiş, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumotlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan dual taʼlim tizimi bölajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, işlab çiqariş korxonalarining malakali kadrlarga bölgan ehtiyojini qondiriş hamda taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişi alohida taʼkidlandi.
– Institutimizning 5 ta fakultetida 45 ta taʼlim yönalişi va 26 ta magistratura mutaxassisliklari böyiça 9 ming 487 nafar talaba tahsil oladi, – deydi Andijon davlat texnika instituti rektori, professor Umidjon Turdaliyev. – Ulardan 2 ming 578 nafari bitiruvçi bosqiç talabalari hisoblanadi. Bugungi kunda institutimiz viloyatdagi 120 dan ortiq yirik korxona va taşkilotlar bilan hamkorlikni yölga qöygan. Bitiruvçilarimiz, şuningdek, yuqori bosqiç talabalarimiz dual taʼlim asosida ana şu korxonalarga jalb etilgan.
Anjumanning Pedagogika yönalişi guruhi aʼzolari Bobur şahridagi 1-umumtaʼlim maktabi, Andijon şahridagi 39-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti, “Muslima Bolajon” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti hamda 31-umumtaʼlim maktabida böldi.
Xalqaro anjumanning tibbiyot yönalişi guruhi “Makro City Farm”, “Emery pharma” korxonalari, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, klinika qoşidagi stomatologiya va simulyatsiya öquv-amaliy markazlarida yölga qöyilgan dual taʼlim jarayonlari, talabalarning amaliy könikmalarini mustahkamlaşga qaratilgan maşğulotlar bilan yaqindan tanişdi.
Jumladan, anjuman iştirokçilari Andijon davlat tibbiyot institutining 2 ming örinli öquv binosida bölib, talabalar uçun yaratilgan zamonaviy taʼlim şaroitlari va imkoniyatlarini közdan keçirdi. Iştirokçilarga institutda taʼlim jarayonini samarali taşkil etiş, nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumotlar berildi.
Kuning ikkinçi yarmida Andijon davlat tibbiyot institutida mehmonlar va xalqaro ekspertlar iştirokida anjumanning yalpi majlisi va taqdimotlar ötkazildi.
Yalpi majlisda Andijon viloyati hokimining örinbosari Komiljon Komilov, Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev, Özbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Dilşod Axatov sözga çiqib, anjumanning ahamiyati, dual taʼlimni rivojlantiriş, malakali va raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaş, ularning kasbiy amaliy bilimlarini yanada yuqori bosqiçga kötariş, bu borada Germaniya tajribasini Özbekiston taʼlim tizimiga moslaştiriş masalalari xususida gapirdi.
Şundan söng mutasaddi, mutaxassis va iştirokçilar tomonidan taqdimotlar doirasidagi maʼruzalar öqildi. Maʼruza va taqdimotlarda dual taʼlimni taşkil etişning xalqaro standartlari, Germaniya taʼlim modelining öziga xos jihatlari, taʼlim muassasalari va işlab çiqariş sektori örtasidagi institutsional hamkorlik mexanizmlari, nazariya va amaliyot integratsiyasi hamda kadrlar tayyorlaş samaradorligini oşirişning ustuvor yönalişlari, dual taʼlimning istiqbollari atrofliça tahlil qilindi, muhokamalar, savol-javoblar ötkazildi.
Iştirokçilar, ekspertlar tomonidan maʼruzalar, mavzu doirasidagi işlar sifati, kölami va samaradorligini oşiriş yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Mazkur anjuman Özbekiston va Germaniya örtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, dual taʼlimning samarali mexanizmlarini yurtimizda joriy etiş, ommalaştiriş hamda bu boradagi Andijon tajribasini xalqaro miqyosda namoyon etiş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (foto),
ÖzA muxbirlari