Isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz öz vaqtida yetkazilmoqda
Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş jarayonlarida isteʼmolçilar uçun bir qator qulayliklar yaratilib, xavfsizlikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, aholiga maişiy gaz ballon yetkazib beriş tadbirlariga endilikda viloyat IIB tasarrufidagi Qöriqlaş xizmati xodimlari ham jalb etilgan bölib, bu nazorat va şaffoflik barqarorligiga, tizimda talon-torojlar oldini olişga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda Navbahor tumanida ham bu borada qator işlar amalga oşirilyapti. Ayni paytda hududda suyultirilgan gaz isteʼmolçilari soni 19,7 mingtani taşkil etadi.

– Aholiga maişiy gaz ballon yetkazib berişda oltita maxsus transport jalb etganmiz, – deydi “Navbahortumangaz” gaz taʼminoti bölimi suyultirilgan gaz xizmati boşliği Feruz Nurnazarov. – Şuningdek, viloyat IIB tomonidan ham 3 ta qöşimça transport vositasi ajratilgan bölib, bu isteʼmolçilarga suyultirilgan gazni keçiktirilmay öz vaqtida yetkazib berişga hissa qöşmoqda.
Tumanning Özbekiston mahallasida suyultirilgan gaz isteʼmolçilari soni ming nafardan oşadi. Bu yerda har 30-35 kunda maişiy gaz ballon aholiga yetkazilmoqda.

– Suyultirilgan gaz yetkazilişi böyiça muammomiz yöq, – deydi şu mahallada yaşovçi Azima Ergaşeva. – Bugun ham maişiy gaz ballon yetkazişdi. Bundan xursandmiz, albatta. Biror murojaatimiz bölsa, mahalla raislariga biriktirilgan telegram guruhlari orqali bildiramiz. Içki işlar xodimlari ham har bir isteʼmolçiga gaz ballon yetkazilişini nazorat qilib borişyapti.
Tizimda amalga oşirilayotgan bu kabi çora-tadbirlar yurtimizda inson qadri va manfaatlari oliy qadriyat ekanligining isbotidir.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri