Halol biznes – barqaror iqtisodiy rivojlaniş va adolatli raqobat asosi
Poytaxtimizda V xalqaro “Biznesda halollik” forumi öz işini boşladi. 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan ötkazilayotgan mazkur muloqotda 200 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy iştirokçi – davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar va biznes hamjamiyati vakillari qatnaşmoqda.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov mazkur forumning ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirdi:
– Beş yil davomida uşbu forum davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar va biznes vakillari örtasida oçiq muloqot qiliş, mavjud muammolarni muhokama etiş va ularga birgalikda yeçim topişga qaratilgan muhim maydonga aylandi.
Har bir tadbirkor öz biznesini erkin va qonuniy yuritişni, investitsiya kiritişni, yangi iş örinlari yaratiş va faoliyatini kengaytirişni istaydi. Buning uçun esa, eng avvalo, teng va adolatli raqobat şaroiti bölişi kerak.
Tenderlarda ham, davlat organlari bilan munosabatlarda ham natija taniş-bilişçilikka emas, balki mahsulot va xizmat sifati, narx hamda taklifning raqobatbardoşligiga boğliq bölişi lozim.
Korrupsiya esa halol işlayotgan tadbirkorning imkoniyatlarini çeklaydi, biznes xarajatlarini oşiradi va, eng yomoni, nosoğlom raqobatni keltirib çiqaradi.
Bugun xalqaro bozorlarga çiqişni istagan kompaniyalar uçun ham halollik va şaffoflik muhim talabga aylanmoqda. Şuning uçun halol işlaşni biznes uçun qöşimça majburiyat emas, balki rivojlaniş va yangi hamkorlarga ega böliş imkoniyati sifatida körişimiz kerak.
Bu borada Özbekistonda ham muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Tört yil avval Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan hamkorlikda Özbekiston biznesining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş xartiyasini işlab çiqqan edi. Bugungi kunda unga mingdan ortiq biznes vakillari qöşilgan.
Biroq tajriba şuni körsatdiki, Xartiyaga qöşilişga faqat çaqiriq va tavsiyalar orqali erişiş yetarli emas. Halol işlaydigan kompaniyalar amaliy rağbat va qöllab-quvvatlaşga ham ega bölişi muhim.
Şu maqsadda joriy yil fevral oyida Prezident farmoni bilan «Korrupsiyasiz, halol va oşkora biznes» – «Toza biznes» milliy dasturini amalga oşiriş belgilandi.

Dastur doirasida bir qator muhim mexanizmlarni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Xususan, Xartiyaning elektron platformasi orqali iştirokçi kompaniyalarni rağbatlantiriş va ular uçun imtiyozlar tizimini joriy etiş, korrupsiyaga qarşi içki tizimlarni samarali yölga qöygan kompaniyalar uçun maxsus muvofiqlik belgisini beriş közda tutilgan.
«Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida yilning eng yaxşi kompaniyasi» mukofotini taʼsis etiş ham rejalaştirilgan. Bizning maqsadimiz – halol işlayotgan kompaniyalarni qöllab-quvvatlaş, ularning tajribasini ommalaştiriş va bunday kompaniyalar sonini oşirişdan iborat.
Halollik talablari nafaqat biznes, balki davlat organlariga ham taalluqli. Albatta, davlatning özi ham namuna körsatişi şart. Davlat biznesdan halollikni talab qilar ekan, özi ham adolatli raqobat uçun zarur şaroitlarni yaratişi kerak. Şu bois davlat organlari va taşkilotlarda korrupsiyaga qarşi menejmentni sertifikatlaştiriş tizimi joriy etilmoqda.
Davlat xaridlarida sunʼiy intellekt asosida affillanganlik va manfaatlar töqnaşuvini avtomatik aniqlaş mexanizmlari yölga qöyilmoqda. Şuningdek, korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş böyiça himoya orderi mexanizmi ham joriy etilmoqda.
Boşqaça aytganda, davlat va biznes örtasida halollik, şaffoflik va özaro masʼuliyat tamoyillariga asoslangan munosabatlarni şakllantirişimiz zarur.
Forum doirasida, avvalo, tadbirkorlar duç kelayotgan muammolarni oçiq muhokama qilişga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Jumladan, davlat xaridlari, ruxsat beriş va nazorat jarayonlaridagi korrupsiyaviy xavflar, biznesda komplayens tizimlarini joriy etişdagi tösiqlar hamda halol kompaniyalarni rağbatlantiriş masalalarini muhokama qiliş zarur.
Ayniqsa, kiçik va örta biznes uçun korrupsiyaga qarşi mexanizmlarni ortiqça xarajat va byurokratiyasiz joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqiş muhim. Umuman, bugun biz biznes vakillarining taklif va tanqidiy mulohazalarini eşitişdan mamnun bölamiz. Çunki tizimdagi muammolar va ortiqça tösiqlarni tadbirkorlarning özidan yaxşiroq heç kim bilmaydi.
Bildirilgan takliflardan kelib çiqib, tadbirkorlik faoliyatida byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş böyiça yeçimlarni şakllantiriş, mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda istiqboldagi vazifalarni belgilab olişni maqsad qilganmiz.
Xalqaro hamkorlik bu borada juda muhim ahamiyatga ega. Çunki biznesda halollik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat bir davlat doirasida hal etiladigan masala emas. Bu yönalişda xalqaro tajriba, ekspertlik kömagi va ilğor amaliyotlarni örganiş muhim.
Şu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi, YEXHT, BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi, Germaniya hukumati va barça xalqaro hamkorlarimizga ekspertlik kömagi va izçil hamkorlik uçun minnatdorlik bildiramiz.
Forum doirasida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Xartiyasiga yangi kompaniyalarning qöşiliş marosimi ham bölib ötadi. Hali Xartiyaga qöşilmagan kompaniyalarni uşbu taşabbusga qöşilişga çaqiraman. Çunki halollik va şaffoflik tamoyillariga sodiqlik nafaqat kompaniyaning obrösi, balki uning uzoq muddatli rivojlanişi va işonçli hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş uçun ham muhimdir.
Asosiy maqsadimiz — tadbirkor öz biznesini korrupsiyaga duç kelmasdan, teng raqobat şaroitida, öz mehnati va salohiyatiga tayanib rivojlantira oladigan muhitni yaratiş. Işonamanki, bugungi forum aynan uşbu maqsad yölida yangi amaliy takliflar va samarali hamkorlikka xizmat qiladi.
Norgul Abduraimova yozib oldi.
ÖzA