"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ ekologik samaradorlikni oşirmoqda
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tizimida elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqariş barqarorligini taʼminlaş bilan bir qatorda, atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va işlab çiqariş jarayonlariga ekologik yondaşuvni joriy etiş böyiça izçil işlar olib borilmoqda.
Xususan, korxonalarda 13 ta çang-gaz tozalaş qurilmasi, atmosfera havosiga çiqarilayotgan taşlanmalarni nazorat qiliş uçun 19 ta avtomatik monitoring stansiyasi va 20 ta ekologik kuzatuv posti faoliyat yuritmoqda. Havo va suv sifati 9 ta ekologik laboratoriyada muntazam tahlil qilinadi.
Suv resurslarini tejaş maqsadida 13 ta lokal tozalaş inşootida yiliga 25,9 million kub metr suv tozalanib, uning 17,8 million kub metri işlab çiqariş jarayoniga qayta yönaltirilmoqda.
Şuningdek, 2026-2030-yillarga möljallangan suv resurslaridan oqilona foydalaniş dasturi tasdiqlangan. Unda suvni qayta işlatiş, hisobini raqamlaştiriş, sanoat oqova suvlari taşlanadigan nuqtalarda avtomatik monitoring stansiyalarini örnatiş, suv tanqis hududlarda tozalaş inşootlarini loyihalaştiriş va içimlik suvi sarfini kamaytiriş çoralari belgilangan.
Tizim korxonalarida umumiy quvvati 15,9 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalari işlamoqda. Ular yiliga qariyb 24 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarib, 7,6 million kub metr tabiiy gazni tejaş imkonini bermoqda. Buning natijasida atmosferaga yiliga 12,5 ming tonna karbonat angidrid çiqarilişining oldi olinmoqda.
"Yaşil makon" umummilliy dasturi doirasida 2021-2026-yillarda tizim korxonalari va ularga tutaş hududlarda 596 ming tup daraxt va buta köçatlari ekildi. Hisob-kitoblarga köra, ular voyaga yetgaç, yiliga 10 ming tonnadan ortiq karbonat angidridni yutişi kutilmoqda.
Çiqindilarni boşqariş va yerlarni rekultivatsiya qiliş yönalişida 2026-yil yanvar-sentabr oylarida 3,9 gektar yer maydoni tiklandi. Şuningdek, çiqindilar yönalişida 50 ta ekosertifikat, texnologik jarayonlar böyiça esa 15 ta "yaşil" sertifikat olingan.
Uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar haqida "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği Nargis Valiyeva iştirokida ötkazilgan brifingda maʼlumot berildi.
Brifingda ekologik monitoringni takomillaştiriş, suv resurslaridan samarali foydalaniş, çiqindilarni boşqariş va xalqaro standartlarni joriy etiş borasidagi çora-tadbirlarga ham töxtalib ötildi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA