Islom Ismoilov: bugun futbolçilarimiz "Al-Hilol"ni yançib taşlaşdi!
Uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar boş murabbiyi Islom Ismoilov futbolçilarining harakatlarini yuqori baholab, endi bor e’tibor mamlakat çempionligiga qaratilişini bildirdi.
Farğonaning "Neftçi" klubi Osiyo Çempionlar ligasi Elit bosqiçining 5-turida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi bilan 2:2 hisobida durang öynadi. Uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar boş murabbiyi Islom Ismoilov futbolçilarining harakatlarini yuqori baholab, endi bor e’tibor mamlakat çempionligiga qaratilişini bildirdi.
"Futbolçilarimiz Al-Hilolni yançib taşlaşdi"
Ismoilov Osiyo grandiga qarşi qayd etilgan natijadan köra, şogirdlarining maydondagi kuraşuvçanligidan köproq mamnun ekanini yaşirmadi.
"Futbolçilarimizdan faxrlangan holda işonç bilan aytamanki, bugun "Neftçi" jamoasi a’zolari maydonda "Al-Hilol"ni yançib taşlaşdi va raqibga heç qanday imkoniyat qoldirişmadi. Buning uçun ularga taşakkur bildiraman. Öylaymanki, bugun butun Farğona, butun Özbekiston ular bilan faxrlandi", dedi mutaxassis.
Murabbiy sovuq ob-havoga qaramay, stadionga kelib jamoani qöllab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorlik bildirdi.
Tanaffusda qanday özgariş amalga oşirildi?
Jurnalistlar "Neftçi"ning ikkinçi bölimdagi muvaffaqiyatli harakatlariga nima sabab bölgani bilan qiziqdi.
Ismoilovning tuşuntirişiça, jamoa dastlabki 45 daqiqada ham yomon öynamagan, biroq ayrim texnik xatolar raqibning gollariga sabab bölgan.
"Al-Hilol" kabi yuqori saviyali futbolçilarga ega jamoa bunday vaziyatlardan unumli foydalanişini ta’kidlagan murabbiy tanaffusda şogirdlariga hissiyotga berilmaslikni uqtirgan.
"Futbolçilarni me’yoridan ortiq ruhlantiriş ham notöğri bölardi. Agar bor e’tiborimizni hujumga qaratsak, hisob yanada yiriklaşişi mumkin edi. Şuning uçun şoşilmaslikni, himoyadagi ziçlikni saqlaşni va qarşi hujumlarga imkon bermaslikni tuşuntirdik. Öz golimizni baribir urişimizni aytdik", deya izoh berdi u.
Ismoilov ikkinçi bölimda futbolçilar ança yuqori konsentratsiya bilan harakat qilganini alohida e’tirof etdi.
"Al-Hilol" endi "Neftçi"ning qanday jamoa ekanini bilib oldi
Uçraşuvdan avval Ismoilov Saudiya Arabistoni klubi Farğonada "Neftçi"ning haqiqiy imkoniyatlariga guvoh bölişini aytgan edi.
Murabbiy öyindan keyin uşbu fikriga yana qaytdi.
"Keça "Al-Hilol" qanday salohiyatga ega ekanini hammamiz bilamiz, ertaga esa ular ham "Neftçi"ning qanday jamoa ekanini bilib olişadi, degandim. Bugun bu sözlarimizni maydonda amalda isbotladik", dedi Ismoilov.
Abror Ismoilovning jarohati qanday?
Matbuot anjumanida "Neftçi" futbolçisi Abror Ismoilovning soğliği haqida ham savol berildi.
Boş murabbiy hozirça jarohatning qay darajada jiddiy ekanini aniq bilmasligini ma’lum qildi.
Uning aytişiça, futbolçining holati tibbiy tekşiruvdan söng baholanadi. Ismoilov Abror navbatdagi "Istiqlol"ga qarşi uçraşuvgaça tiklanib, safga qaytişiga umid bildirdi.
"Kelasi yil Neftçi bundan ham kuçliroq böladi"
Jamoaning kelgusi mavsumdagi rejalari haqida gapirgan Ismoilov klub rahbariyati tarkib va umumiy salohiyatni oşiriş yölida iş olib borayotganini ta’kidladi.
Uning fikriça, "Neftçi" har mavsum oldiga yanada yuqori maqsadlar qöyişi kerak.
"Jamoamizning ambitsiyalari yuqori. Rahbariyat bu yönalişda katta işlarni amalga oşirmoqda. Xudo xohlasa, kelgusi yilda "Neftçi" hozirgidan ham kuçliroq böladi va yanada ulkan maqsadlar sari intiladi", dedi mutaxassis.
Murabbiy ziç taqvim va ketma-ket mas’uliyatli uçraşuvlar ruhiy jihatdan ança toliqtirayotganini ham tan oldi.
"Sönggi paytlarda kayfiyatim yurak kardiogrammasi kabi özgarib turibdi. Çunki uçraşuvlar juda köp. Ba’zida sönggi daqiqalarda gol uramiz, ba’zida mağlub bölamiz yoki durang qayd etamiz. Bularning barçasi murabbiyga ruhiy ta’sir qiladi", dedi u.
"Dinamo" bilan öyinda yettinçi çempionlik uçun kuraşamiz"
Ismoilov matbuot anjumanining yakuniy qismida Özbekiston Superligasidagi hal qiluvçi uçraşuv haqida ham töxtaldi.
"Neftçi" navbatdagi bahsda Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi. Murabbiyning aytişiça, futbolçilar "Al-Hilol"ga qarşi uçraşuvda katta kuç sarflagan bölsa-da, beş kunlik tanaffus ularning tiklanişi uçun yetarli.
"Dinamo"ni istalgan raqibga muammo tuğdira oladigan jamoa sifatida baholagan Ismoilov bu öyinga alohida tayyorgarlik körilişini bildirdi.
"Bu biz uçun jon olib, jon beradigan uçraşuv. Öz maydonimizda öynaymiz. Bugungidan ham yuqori iştiyoq bilan harakat qilib, muxlislarimiz köz öngida jamoamizning yettinçi çempionligini nişonlaş uçun bor kuçimizni safarbar etamiz", dedi boş murabbiy.
Ismoilovning qöşimça qilişiça, "Neftçi" murabbiylar ştabi va futbolçilari çempionlik yölidagi hal qiluvçi bellaşuvga tayyorgarlik uçun zarur bölsa, sutkasiga 24 soat işlaşga ham tayyor.