Elit OÇL: "Neftçi" yulduzlarga boy "Al-Hilol" bilan durang öynadi
23-noyabr kuni Farğonadagi "Istiqlol" stadionida musobaqaning 5-turidan örin olgan bahs bölib ötdi.
Farğonaning "Neftçi" klubi Elit Osiyo çempionlar ligasida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarşi keçgan uçraşuvda ikki töp farqi bilan ortda qolayotganiga qaramay, mağlubiyatdan qutulib qoldi.
23-noyabr kuni Farğonadagi "Istiqlol" stadionida musobaqaning 5-turidan örin olgan bahs bölib ötdi. 18 ming 867 nafar muxlis kuzatgan uçraşuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Birinçi bölimda taşabbus mehmonlar tomonida böldi. 21-daqiqada Ibrohimhalil Yöldoşevning orqaga uzatgan töpidan unumli foydalangan Olli Uotkins hisobni oçdi. Oradan yetti daqiqa ötib, angliyalik hujumçi Gabriel Martinellini qulay vaziyatga çiqardi va braziliyalik futbolçi farqni ikkitaga yetkazdi.
Tanaffusdan keyin maydon egalari öyin tizginini öz qöliga olişga harakat qildi. 49-daqiqada Ikromjon Aliboyevning uzatmasidan söng darvozabon Yassin Bunudan qaytgan töpni Abrorbek Ismoilov darvozaga yöllab, hisobni qisqartirdi.
57-daqiqada Alişer Odilov boş bilan töpni darvozaga kiritdi. Biroq VAR tekşiruvidan keyin öyindan taşqari holat qayd etilib, gol bekor qilindi.
Şunga qaramay, farğonaliklar hujumlarni töxtatmadi. 70-daqiqada Odilovning zarbasini Bunu qaytardi, ammo töp himoyaçi Yusuf Akçiçekka tegib, darvoza töridan joy oldi. Şu tariqa "Neftçi" 0:2 hisobidan qaytib, muvozanatni tiklaşga erişdi.
Qolgan daqiqalarda jamoalar hisobni özgartira olmadi. Qayd etilgan durangdan keyin "Neftçi"ning oçkolari soni 5 taga yetdi. Islombek Ismoilov şogirdlari Ğarb mintaqasi turnir jadvalida 9-örinni egallab turibdi. "Al-Hilol" esa 10 oçko bilan ikkinçi poğonadan joy olgan.
Elit Osiyo çempionlar ligasi. 5-tur
23-noyabr, Farğona, "Istiqlol" stadioni.
"Neftçi" — "Al-Hilol" — 2:2
Gollar: Olli Uotkins (21, 0:1), Gabriel Martinelli (28, 0:2), Abrorbek Ismoilov (49, 1:2), Yusuf Akçiçek (70, avtogol, 2:2).