Huquqiy savodxonlikni oşirişga qaratilgan seminar-trening
Inklyuziv huquqiy madaniyatni şakllantiriş, nogironligi bölgan şaxslar va ularning ota-onalarining huquqiy savodxonligini oşiriş, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda ijtimoiy xizmatlardan teng foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Şu maqsadda Özbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) moliyaviy kömagida “Orolböyi hududida inklyuziv huquqiy madaniyatni yuksaltiriş” grant loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyiha doirasida Nukus şahri, Möynoq, Qönğirot, Qoraözak, Çimboy, Xöjayli, Amudaryo va Nukus tumanlarida istiqomat qiluvçi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, xususan, nogironligi bölgan şaxslar, ayollar va yoşlar uçun huquqiy savodxonlikni oşirişga qaratilgan seminar-treninglar taşkil etildi.

Tadbirlar davomida nogironligi bölgan şaxslar uçun qonunçilikda belgilangan soliq imtiyozlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, bolalikdan nogironligi bölgan şaxslar hamda I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarning har oylik daromadining belgilangan qismi, yaʼni mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining uç baravarigaça bölgan qismi daromad soliğidan ozod etilişi haqida maʼlumot berilmoqda. Şuningdek, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar uçun yer soliği böyiça belgilangan imtiyozlar, ulardan foydalaniş tartibi va zarur hujjatlar haqida tuşuntirişlar berilmoqda.

Yoşlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalasi ham seminar-treninglarning muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoşlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida “Yoşlar daftari”ga kiritilgan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlarga ajratiladigan ijtimoiy yordamlar haqida maʼlumot berilmoqda.

Jumladan, davolanişga muhtoj yoşlarning jarrohlik amaliyotisiz davolaniş va jarrohlik xarajatlarini qoplaş, kasbiy taʼlim va oliy taʼlim tölov-kontrakt xarajatlarini qoplaş, tadbirkorlik va kasb-hunarga öqitiş, haydovçilik kurslarida öqiş, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoş oilalarning turar joy ijarasi xarajatlarini qoplaş kabi imkoniyatlar tuşuntirilmoqda. Şuningdek, nogironligi bölgan yoşlarning parasport tögaraklariga qatnaşişi uçun yölkira xarajatlarini qoplaş va boşqa ijtimoiy yordam turlaridan foydalaniş tartibi haqida ham maʼlumotga ega bölmoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-iyuldagi “Nogironligi bölgan şaxslarning bandligini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida nogironligi bölgan şaxslarni iş bilan taʼminlaş, ularning mehnat huquqlarini röyobga çiqariş va iş joylarida zarur şaroitlar yaratiş böyiça yangi imkoniyatlar tuşuntirilmoqda.
Şuningdek, nogironligi bölgan xodimlarning samarali mehnat qilişi uçun surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatlarini taşkil etiş xarajatlarini qoplaş maqsadida tadbirkorlik subʼektlariga 50 million sömgaça subsidiya ajratiş belgilangan. Bunda işlaş istagidagi nogironligi bölgan şaxslarning “Nogironligi bölgan şaxslar bandligiga kömaklaşiş elektron reyestri”ga kiritilişi, böş iş örinlari bilan tanişişi va iş beruvçilarga murojaat qilişi tartibi haqida ham amaliy maʼlumotlar berilmoqda.
Şuningdek, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj fuqarolarning yaşaş şaroitini örganiş, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tuziş va zarur xizmatlarni taşkil etiş tartibi belgilangan. Fuqarolarning «Inson» markazlari, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar yoki 1140 qisqa raqami orqali murojaat qiliş imkoniyatlari ham tuşuntirilmoqda.
— Tadbirlarda iştirokçilarga nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari, ijtimoiy himoya, reabilitatsiya va protezlaş, nogironlikni elektron tarzda belgilaş, ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş tartibi böyiça batafsil huquqiy tuşuntirişlar berilmoqda. Jumladan, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”, “Saxovat va kömak” tizimlari orqali ijtimoiy yordam oliş, zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş, murojaatlarni rasmiylaştiriş va davlat xizmatlaridan foydalaniş tartibi tuşuntirilmoqda, — deydi Özbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi raisi Jabbar Narbayev.
Uşbu seminar-treninglar aholining huquqiy bilimini oşiriş bilan bir qatorda, nogironligi bölgan şaxslarning öz huquq va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qiliş, davlat xizmatlaridan foydalaniş, bandlik va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş sohasidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş könikmalarini şakllantirişga xizmat qilmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri