Hisobot-saylov konferensiyasi ötkazildi
Nukusda Qoraqalpoğiston Respublikasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi.
Unda federatsiyaning 2021–2026-yillardagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusi beş yillikda amalga oşiriladigan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Konferensiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi raisi vazifasini bajaruvçi R.Şamuratovning hisobot maʼruzasi tinglandi.
Taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilaş jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni mamlakatda faoliyat körsatayotgan jamoatçilik taşkilotlari roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligini oşiriş böyiça yangi davrni boşlab berdi.
Bugungi kunda nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini taşkil etiş, davlat röyxatidan ötkaziş, hisobdorlik, jamoatçilik nazorati, ijtimoiy şeriklik, davlat grantlari, subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar, volontyorlik hamda davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlariga bevosita daxldor bölgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda jami 27 ta normativ-huquqiy hujjat soha rivojiga xizmat qilmoqda.
[gallery-32381]
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan huquqiy baza tovarlar, işlar va xizmatlarning sifati, xavfsizligi va narxi, ular haqida axborot beriş, şartnoma munosabatlari, tölovlar, elektron savdo, kommunal xizmatlar, transport, bank-moliya, soğliqni saqlaş, taʼlim, quriliş, oziq-ovqat xavfsizligi hamda boşqa sohalardagi munosabatlarni qamrab oladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi, şahar va tuman jamiyatlari tomonidan ötgan 5 yil mobaynidaga faoliyatida Özbekiston Respublikasining “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi, “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaşda federatsiya, şahar va tuman jamiyatlari faoliyatlarini muvofiqlaştirgan holda Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari Federatsiyasi Ustavida belgilangan vazifalarni bajariş yuzasidan muayyan işlar amalga oşirildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi tizimida bugungi kunda 17 ta şahar, tuman isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati faoliyat körsatmoqda. Taşkilot, korxona, muassasa va öquv yurtlarida şahar, tuman jamiyatlari tomonidan 67 ta tayanç guruhi taşkil etilgan, federatsiya safiga aʼzo bölganlar soni 39 ming 8 nafarni taşkil etadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi “Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylaşgan umumiy örta taʼlim muassasalarida soğlom ovqatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan respublika hududidagi umumiy örta taʼlim maktablarining 1–4-sinf öquvçilarini soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş, ovqatlarni tayyorlaş va yetkazib beriş böyiça autsorsing, keytering va boşqa xizmatlarning sifati, oşxonalarning tozaligi hamda sanitariya holati monitoring qilindi. Örganiş davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş hamda vakolat doirasida tegişli çoralar köriş uçun töplangan materiallar Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlim vazirligiga yuborildi.
Soğliqni saqlaş vazirligiga qaraşli şahar, tuman tibbiyot markazlarida, köp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarda iş-rejaga asosan jamoatçilik monitoringlari ötkazilib, yakuni böyiça sohaga oid yuqori turuvçi taşkilotlarga tahliliy maʼlumotlar kiritib kelinmoqda.
Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli Davlat va nodavlat bolalar boğçalarida ham jamoatçilik monitoringlari ötkazildi. Unda tarbiyalanuvçilarga yaratilgan şart-şaroitlar, taʼlim sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi masalalari örganildi. Monitoringlar yakuni böyiça sohaga oid yuqori turuvçi taşkilotlarga tahliliy maʼlumotlar kiritildi.
2025-2026 öquv yilida Oliy, örta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar böyiça jamoatçilik monitoringlari ötkazilib, yakuni böyiça yuqori turuvçi taşkilotlarga tahliliy maʼlumotlar kiritildi. Bundan taşqari, içki isteʼmol bozorlarida yaroqlilik muddati ötgan oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlaş va bartaraf etiş böyiça işlar izçil davom ettirilmoqda.
Federatsiyaga, şahar va tuman jamiyatlariga ötgan 5 yil davomida isteʼmolçilardan 3 ming 263 ta murojaat kelib tuşgan. Murojaatlarni örganiş natijasida isteʼmolçilar foydasiga 2 milliard 650 million 730 ming söm undirildi. Şundan, uşbu yillar davomida Sud organlari orqali 5 ta murojaat körib çiqilib, 47 million söm isteʼmolçi foydasiga hal etilgan.
Aholining huquqiy bilimi, isteʼmol madaniyatini oşiriş maqsadida şahar va tumanlardagi mahalla fuqarolar yiğinlarida, korxona, taşkilot hamda muassasalarda isteʼmolçilarning asosiy huquqlari, qonuniy manfaatlari himoya qilinişi borasidagi tarğibot işlarini jamiyatlar va joylardagi tayanç guruhlari saʼy-harakatlari bilan “Yuksak isteʼmol madaniyati sari”, “Isteʼmol madaniyatini oşiriş-davr talabi”, “Biz barçamiz isteʼmolçimiz”, “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş - aholi turmuş darajasini oşirişning muhim omilidir”, “Isteʼmolçilarning huquqlari - qonun himoyasida”, “Fuqarolarning murojaatlari hamişa eʼtiborda” kabi mavzularda öquv-seminarlar, davra suhbatlari ötkazildi.
Yoş avlodning huquqiy ongi va isteʼmolçilik madaniyatini yuksaltiriş maqsadida umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf öquvçilari örtasida har yili “Men yoş isteʼmolçiman” mavzusida inşolar körik-tanlovi taşkil etilib, ğolib va faol iştirokçilar munosib rağbatlantirilib kelinmoqda. Şuningdek, isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş va soha rivojiga munosib hissa qöşgan faollarni taqdirlaş işlari amalga oşirildi.
Har yili 15-mart — “Butunjahon isteʼmolçilar huquqlari kuni” munosabati bilan barça şahar va tuman jamiyatlari tomonidan seminarlar va huquqiy-maʼrifiy uçraşuvlar taşkil etiladi.
Federatsiya Qozoğiston “Milliy isteʼmolçilar ligasi”, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi faoliyatini 2027–2031-yillarda rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi ham muhokama qilinib, maʼqullandi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi raisi hamda Kengaş aʼzolari, Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari Federatsiyasi konferensiyasiga vakillar saylaş, federatsiyaning şahar va tuman jamiyatlari faoliyatiga doir boşqa joriy masalalar körib çiqildi va tegişli qaror qabul qilindi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA