Kuz-qiş mavsumida 1 million sömlik yordam kimlarga beriladi?
Kuz-qiş mavsumi kelişi bilan aholini, ayniqsa, kam taʼminlangan va kömakka muhtoj qatlamlarni ijtimoiy himoya qiliş masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylanadi. Energetika tizimidagi islohotlar va tariflarning moslaştirilişi şaroitida aholining xarid qobiliyatini saqlab qoliş hamda xonadonlardagi issiqlik va fayzni taʼminlaş alohida ahamiyatli.
Xususan, 2026/2027-yilgi isitiş mavsumida Özbekistonda ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida 1 million söm miqdorida bir martalik moddiy yordam va kengaytirilgan kommunal kompensatsiyalar ajratilişi belgilanmoqda. Uşbu yangi tizimning eʼtiborli jihati şundaki, bu gal ijtimoiy kömakning qamrovi va kölami sezilarli darajada kengaytirilmoqda.
Davlat tomonidan belgilangan daromad mezonlarining yumşatilişi natijasida nafaqat «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»dagi anʼanaviy benefitsiarlar, balki kömakka muhtoj bölgan yana yuz minglab qöşimça xonadonlar issiqlik mavsumida yolğizlatib qöyilmaydi.
Şu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli bazaviy meʼyordan oşganda beriladigan kompensatsiya muddatlarining uzaytirilişi aholi yelkasidagi moliyaviy yuqni sezilarli darajada yengillatişga xizmat qiladi.
1 million sömlik bir martalik yordam Ijtimoiy reyestrdagi hamda reyestrda bölmasa-da, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida va boşqa belgilangan mezonlarga mos ehtiyojmand oilalarga beriladi. Mablağlar 30-noyabrga qadar bank yoki ijtimoiy kartalarga ötkaziladi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz belgilangan mezonlarga mos oilalarning bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmoli uçun tariflar farqi qoplanadi. Gaz taʼminoti mavjud bölmagan yoki qiyin hududlarda isitiş mavsumi uçun elektr energiyasi bazaviy meʼyori 350 kVt etib belgilangan.
Şu örinda, kömir va suyultirilgan gaz uçun kompensatsiya belgilangan mezonlarga mos oilalarga:
Suyultirilgan gaz uçun — xarid qilingan har bir kilogrammga 3000 sömdan, oyiga 20 kilogrammgaça,
mycoal.uz orqali xarid qilingan kömir uçun — har bir tonnaga 300 ming sömdan, bir kalendar yilda jami 600 ming sömgaça kompensatsiya berilişi nazarda tutilgan.
Muhimi şundaki, bir martalik yordam va kommunal kompensatsiyalar alohida çoralar bölib, ularni oliş şartlari farqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, 2026/2027-yilgi isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga ajratilayotgan 1 million sömlik bir martalik moddiy yordam va uzaytirilayotgan kommunal kompensatsiyalar aholini ijtimoiy himoya qiliş yölidagi muhim qadam.
Energiya tariflari özgarişi şaroitida davlat tomonidan körsatilayotgan bunday manzilli kömak kam taʼminlangan xonadonlarning kuz-qiş mavsumini betalafot va issiq uylarda ötkazişini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA