Hindiston Rossiya va Ukrainaga bir qator tinçlik taşabbuslarini yetkazdi
Hindiston Rossiya va Ukrainaga Qora dengizda kema harakati xavfsizligini taʼminlaş va energiya resurslari hamda oziq-ovqat eksporti böyiça takliflarni yetkazdi, dedi mamlakat taşqi işlar vazirligi vakili Randir Jaysval.
– Ukraina va Rossiya bilan muntazam aloqani saqlagan holda, biz har ikki tomonga qator takliflarni yetkazdik, – dedi u brifingda. Bu taşabbuslar Qora dengizda kemalar xavfsizligini taʼminlaş, ikki mamlakatning energiya va oziq-ovqat eksportidagi manfaatini hisobga oliş va harbiy hujumdan tiyilişning turli yöllarini örganiş bilan boğliq.
Duşanba kuni Hindiston Boş vaziri Narendra Modi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Rossiya – Ukraina mojarosi muloqot va diplomatiya yöli bilan hal qilinişi kerakligini aytgan. Şundan söng Hindiston taşqi işlar vaziri Subramanyam Jayşankar RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatlaşdi.
– Ular uşbu nizo bilan boğliq diplomatik taşabbuslarni muhokama qildi, – deya qöşimça qilgan TIV vakili.
Jaysval qöşimça qilişiça, Nyu-Dehli boşidanoq tinçlikni faqat diplomatiya va muloqot orqali tiklaş mumkinligiga işongan.
S.Rahimov, ÖzA