Venesuelaning eksport daromadlari AQŞ nazoratida(mi)?
AQŞ Moliya vazirligi 2026-yil yanvar–sentabr oylarida Venesuelaning neft, minerallar va öğitlar eksportidan tuşgan 12,26 milliard dollar mablağni maxsus hisob raqami orqali qabul qilib, taqsimlagan. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar bermoqda.
“Venezuela Custody Account” deb nomlangan hisob raqami dastlab Qatarda oçilgan, yanvar oyi oxirida esa Nyu-Yorkdagi “Citibank”ga köçirilgan. Mablağning asosiy qismi 11,7 milliard dollar Venesuelada milliy valyuta bolivar kursini barqarorlaştiriş maqsadida tijorat banklariga valyuta savdosi uçun ötkazilgan.
Mamlakatning taşqi qarzlari va xalqaro majburiyatlarini qoplaş uçun yana 130 million dollar ajratilgan. Sentyabr oyi oxirida uşbu hisob raqamda 170 million dollar qolgan, şuningdek, qariyb 12 million dollar foiz daromadi olingan.
Venesuela neftini sotiş böyiça huquqqa ega bölgan “Trafigura” va “Vitol” treyding kompaniyalari jami tuşumning 61 foizini taʼminlagan. Hisobot mamlakatning barça eksport daromadlarini qamrab olmaydi. Çunki “Chevron” va mahalliy “NABEP” kompaniyasi alohida kelişuvlar asosida iş yuritadi.
Bundan taşqari, oltin eksportining bir qismi norasmiy kanallar orqali amalga oşiriladi. “KPMG” hisobotida qayd etilişiça, barça moliyaviy ötkazmalar va operatsiyalar AQŞ Davlat departamenti hamda Moliya vazirligi vakillarining bevosita roziligi bilan amalga oşirilgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA