Heç kim hayot bekatlarida yolğiz qolmasin, matonat esa hamişa ğolib bölsin
Bekat. Avtobusni kutayotgan odamlar. Kimdir telefonga tikilgan, yana kimdir yöldan köz uzmaydi. Şu payt bekatga bir yigit yaqinlaşadi. U oyoğidagi oqsoqlik sabab qadamni oğir, biroz çayqalib taşlardi.
Bekatdagi bir neça ösmirning nigohi birdaniga unga qadaldi. Ammo ular özlari tomon atrofdagilardan boşqaçaroq bir holda kelayotgan insonga şunçaki qarab qöyişmadi. Şu payt bu tengqurlardan biri qaddini biroz bukdi. Endi u oqsayotgan yigitning yurişiga sezilar-sezilmas taqlid qila boşladi. Uning bu qiliğiga şeriklari esa miriqib kuldi.
Bu holatda kulayotganlarning qarşisida hayotning oğir sinovini kötarib yurgan inson körinmas edi göyo. Afsuski, yigit buni payqadi. Nigohi yerga qadaldi. Bildirmaslikka urindi. Ammo yuzidagi oğriq va siniqlikni yaşira olmadi.
Köp ötmay avtobus keldi. Ösmirlar baqir-çaqir qilgança ulovga çiqib ketişdi. Boyagi yigit esa singan qalbi bilan böm-böş bekatda qoldi...
Jamiyatimizda közga taşlanmaydigan, heç bir zamonaviy tibbiy qurilma ilğay olmaydigan oğir bir xastalik bor. Bu özganing nuqsoniga tomoşa sifatida qaraş dardi. Bu birovning dardini masxaraga aylantiriş illati.
Köçada nogironligi bor insonga duç kelsak, közimiz unga şunday qadaladiki, u qayerga qoçişni bilmay hijolat tortadi. Baʼzan esa tabiiy bir qaraş örnini piçing, mazax va oçiqdan-oçiq kalaka egallaydi. Odam özining qanday dunyoga kelişini tanlamaydi. Ammo qanday inson bölib yaşaşni har kim özi tanlay oladi. Aʼzolar soğlom bölib, vijdon xastalangani esa eng oğriqli böladi.
Oğriqning yana bir ildizi oilaga borib taqaladi. Baʼzan maxsus ehtiyojli farzand tuğilgan xonadonda mehr ham sinovdan ötadi. Kimdir bolasini bağriga bosib, uni oyoqqa qöyiş uçun borini beradi.
Yana kimdir bunday holatda uyaladi. Mahalla-köydan, qarindoşlardan yaşirişga urinadi. Bolani faqat moddiy taʼminot, davlat nafaqasi ajratilgani uçun parvarişlayotganday böladi. Uning orzulari, qalbi, taʼlim olişi va odamlar orasiga qöşilişini unutib qöyadiganlar ham uçraydi.
Vaholanki, bola nafaqa uçun emas, farzand bölgani uçun ardoqlanişi kerak. Himoya qilaman deb uni tört devor içiga qamab qöyiş mehr sanalmaydi. Bu ularni hayotdan ajratib taşlaş sanaladi.
Adolat nuqtai nazaridan tan oliş kerak, keyingi yillarda davlat bu devorlarni buziş uçun jiddiy qadamlar taşlamoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va tegişli davlat idoralari tizimni qoğozbozlikdan amaliy kömakka burişga kirişdi.

Birgina 2025-yilda 92 ming nafarga yaqin fuqaro zamonaviy protez va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangani, ajratilgan mablağ esa 138 milliard sömdan oşgani va bunday vositalar turlari qariyb ikki barobarga kengaygani rasmiy raqamlarda aks etgan.
Muhimi, bu quruq statistika emas. Bularning ortida bir paytlar uyidan çiqolmagan insonning ilk bor aravaçada köçaga çiqqani, yangi protez yordamida oyoqqa turib, farzandini bağriga bosgan insonning hayoti turadi. 14 ming nafar imkoniyati çeklangan fuqaroning rasmiy işga joylaştirilgani esa kimlarningdir birovga köz tikmay qöyganini anglatadi.
Yana bir jihati, 650 dan ortiq boğçada inklyuziv guruhlar oçilib, minglab bolakaylarning tengdoşlari bilan bir partada ötirişi, “Ijtimoiy taksi” xizmati yölga qöyilişi katta gap sanaladi. Bu kabi çoralar ularni jamiyat tölaqonli qabul qilişi sari taşlangan qadamlardir.
Şu bilan birga, qoğozdagi marralar hali hayotdagi tösiqlar töliq bartaraf etilganini anglatmaydi. Poytaxtda yaratilayotgan reabilitatsiya şaroitlari, moslaştirilgan infratuzilma va inklyuziv taʼlim bosqiçma-bosqiç boşqa hududlarga ham kirib bormoqda. Inson qadri hudud tanlamaydi. Olis qişloqlardagi nogironligi bor bola ham sifatli taʼlim olişga, munosib iş topişga va bemalol harakatlanişga haqli.
Biroq davlat qançalik infratuzilma yaratmasin, eng murakkab tösiq odamlarning ongida qolavermoqda.
Bola kattalarning kimgadir barmoq bilan işora qilib kulganini körsa, buni odatiy hol deb tuşunadi. Farzandlarga nogironligi bor insonni oiladayoq hurmat qiliş örgatilmasa, köçada mehrsizlik ildiz otadi.
Biz köpinça xayriya qiliş, moddiy yordam körsatiş haqida gapiramiz. Lekin baʼzan eng katta kömak mablağ ajratişda emas. Eng yaxşi yordam nogironligi bor odamga duç kelganda yuzini burmaslik, uning harakatlarini hazil mavzusiga aylantirmaslikdir. Zero, nogironlik insonning qadrini tuşirmaydi. Birovning nuqsoni ustidan kuliş esa odamning öz insoniyligini yöqqa çiqaradi.
...Avtobus allaqaçon közdan ğoyib bölgan. Şaharning şovqinli hayoti heç nima bölmagandek davom etmoqda. Yöl çetidagi bekatda esa öşa yigit hamon turibdi. U keyingi avtobus kelişini kutyaptimi yoki qalbiga sançilgan nigohlar oğriği bosilişinimi? Bu savolning javobini esa heç kim bilmaydi.
Mohiçehra EŞMIRZAYEVA,
ÖzA muxbiri