Giyohvandlik vositalarini tayyorlaş va tarqatiş bilan boğliq holat aniqlandi
Sönggi vaqtlarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi, ayniqsa, sintetik narkotik moddalarni yaşirin şaroitda tayyorlaş va tarqatiş holatlari jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Ana şunday holatlardan biri Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlandi.
Xususan, 2002-yilda tuğilgan fuqaro Çilonzor tumanida joylaşgan köp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, sintetik narkotiklar tayyorlaş va tarqatiş bilan şuğullangan.
Xolislar iştirokida ötkazilgan közdan keçiriş jarayonida mazkur xonadondan «zakladka» usulida tarqatiş maqsadida zip-paketlarga qadoqlangan giyohvandlik vositalari, elektron tarozi, mikser, fen, şpritslar, 1000 dona böş şaffof paket, 1000 dona böş flakon va boşqa aşyolar aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida manzildan jami 3,5 kg gaşiş moyi, 600 gr gaşiş, 200 gr marixuana hamda tarkibida narkotik modda bölgan 8 dona peçene aşyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllanildi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Hamroz Bayonov,ÖzA