Giyohvandlik vositalarini tarqatiş bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi
Bugungi kunda narkotik moddalarni tarqatişning turli usullari paydo bölmoqda. Şulardan biri — internet orqali faoliyat yuritayotgan onlayn narkodökonlar. Sirdaryo viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ana şunday noqonuniy faoliyat bilan şuğullanayotgan onlayn narkodökonlar faoliyatiga çek qöyildi.
Xususan, 1996 va 1998-yillarda tuğilgan erkak va ayol Guliston şahrida xonadonni ijaraga olib, undan nafaqat yaşaş, balki giyohvandlik vositalarini tarqatiş maqsadida ham foydalanib kelgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat Içki işlar hamda Bojxona boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ijaraga olingan xonadon közdan keçirilganda, isitiş moslamasi içiga yaşirilgan 337 gramm «gaşiş» moddasi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi.
Suriştiruv jarayonida mazkur şaxslar internetdagi narkodökon orqali «zakladçik» va giyohvandlik vositalarini qadoqlovçi sifatida faoliyat yuritib kelgani maʼlum böldi.
Şuningdek, ular yana bir manzilni ijaraga olib, undan giyohvandlik vositalarini saqlaş ombori sifatida foydalangan. Ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşbu manzildan tarqatiş uçun tayyorlab qöyilgan, 65 ta kiçik öramga qadoqlangan, umumiy oğirligi 208 grammni taşkil etuvçi «gaşiş» moddasi ham aşyoviy dalil sifatida olindi.
Navoiy viloyatida ham giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqatilişiga çek qöyildi. Xususan, DXX, içki işlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Karmana tumanida «zakladka» usuli orqali giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan 3 nafar şaxs qölga olindi. Ulardan 20 gramm «Spays» sintetik narkotik moddasi aşyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Tezkor suriştiruv davomida mazkur şaxslar Karmana tumanidagi bir neçta “xufiya joy”larga jami 542 gramm “Spays” moddasini yaşirib qöyganliklari aniqlanib, uşbu giyohvandlik vositalari ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand şahrida ham tezkor tadbir ötkazildi. Maʼlum bölişiça, parranda göşti mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi dökon işçisi jami 492 gramm “opiy” moddasini kiçik bölaklarda qadoqlab, kelgusida sotiş maqsadida dökonda saqlayotgani foş etildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Içki işlar va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda Törtköl tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 1972 y.t. mahalliy fuqaro uşlanib, uning yonida bölgan sellofan paket xolislar iştirokida közdan keçirilganda 471 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning şerigi hisoblangan – 1964 y.t., muqaddam sudlangan şaxsning avtomaşinasidan 425 gramm, yaşaş xonadonidan esa 97 ta gugurt qutisiga joylaştirilgan, umumiy oğirligi 1 kg 175 gr.ni taşkil etuvçi “marixuana” olindi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA