Farğonada qöşma investitsiya loyihalari amalga oşiriladi
Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov BRIKS xalqaro konsorsiumi prezidenti Yelena Galibina hamda «Pandora» kompaniyasi vakili Dmitriy Primakni qabul qildi.
Muloqotda Farğona viloyatining iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş hamda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Viloyat rahbari mehmonlarga Farğonaning sanoat, qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş, turizm va tadbirkorlik sohalaridagi imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Hududda xorijiy sarmoyalarni jalb etiş, zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş, yangi iş örinlari yaratiş va eksport salohiyatini oşirişga qaratilgan loyihalar izçil amalga oşirilayotgani taʼkidlandi.
Muloqotda xalqaro moliyaviy va iqtisodiy hamkorlik institutlari bilan aloqalarni rivojlantiriş, özaro manfaatli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etildi.

Mehmonlar Farğona viloyatining mavjud salohiyati va hamkorlik uçun yaratilgan imkoniyatlarga qiziqiş bildirdilar. Tomonlar kelgusidagi hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşdilar.
Mazkur uçraşuv Farğona viloyatining xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytiriş, xorijiy hamkorlar bilan yangi taşabbuslarni hayotga tatbiq etiş borasidagi saʼy-harakatlarining yana bir ifodasi böldi.
Muhammadjon Obidov, ÖzA