Energiya taʼminoti barqarorligi yölida nazorat kuçaytirilmoqda
Qaror va ijro
Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminotining barqarorligi nafaqat işlab çiqariş quvvatlari, balki mavjud tarmoqlarning texnik holati, resurslardan oqilona foydalaniş va ularning noqonuniy isteʼmol qilinişining oldini olişga ham boğliq. Şu bois energetika tizimida muntazam nazorat olib boriş, aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş va xavfsizlik talablariga rioya qiliş muhim ahamiyatga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yoqilği-energetika tarmoğida nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş va elektr energiyasini yetkazib berişdagi yöqotişlarni bartaraf etişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori ham şu maqsadlarga qaratilgan. Unda energetika sohasida nazoratni kuçaytiriş, elektr energiyasi yöqotişlarini kamaytiriş va resurslardan foydalanişda qonunçilik talablariga rioya etilişini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Uşbu vazifalarni amalga oşirişda “Özenergoinspeksiya”ning hududlarda olib borayotgan nazorat tadbirlari muhim örin tutadi. Xususan, Farğona viloyatining Marğilon şahrida joylaşgan gaz taqsimlaş stansiyasida ötkazilgan örganişlar davomida 7 ta stansiyaning texnik holati tekşirildi. Bunda kiriş va çiqiş quvurlarining izolyatsiyasi, tozalaş filtrlarining drenaj tizimlari hamda 30 ta berkitiş moslamasining işlaş qobiliyati nazoratdan ötkazildi.
Şuningdek, 16 ta gaz bosimini rostlaş moslamasini taftiş va taʼmirlaş, 8 ta prujinali saqlovçi klapanni sozlaş va tamğalaş hamda 8 ta odorizatsiya qurilmasi tizimi közdan keçirildi. Bunday tekşiruvlar mavjud nosozliklarni öz vaqtida aniqlaş, gaz taqsimlaş stansiyalarining texnik sozligini taʼminlaş va taʼminotda uzilişlar yuzaga kelişining oldini olişga xizmat qiladi.
Elektr tarmoqlaridagi texnologik yöqotişlarni kamaytiriş ham nazoratning muhim yönalişlaridan biridir. Şu maqsadda Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sirdaryo tumanlaridagi elektr tarmoqlari hamda qurilmalar holati joyiga çiqqan holda örganildi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, şuningdek, keçiktirib bölmaydigan işlarni bajariş yuzasidan masʼullarga tegişli körsatmalar berildi.
Nazorat tadbirlarining yana bir muhim yönalişi energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaşdan iborat. Afsuski, ayrim isteʼmolçilar tomonidan hisoblagiçdan taşqari yaşirin tarmoqqa ulaniş orqali elektr energiyasi va tabiiy gazdan ruxsatsiz foydalaniş holatlari uçramoqda.
Masalan, “Özenergoinspeksiya” va "Hududgaz Qaşqadaryo" gaz taʼminoti filiali hamkorligida Qarşi şahrida ötkazilgan nazorat tadbirida "I." oilaviy korxonasiga qaraşli umumiy ovqatlaniş maskanida hisoblagiçdan taşqari yaşirin tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlandi. Buning oqibatida gaz taʼminoti korxonasiga 123 million sömlik zarar yetkazilgan.
Toşkent şahrining Çilonzor tumanida ham şunga öxşaş holat qayd etildi. “Özenergoinspeksiya” huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazgan nazorat tadbirida "U. K." korxonasiga qaraşli binoda hisoblagiçdan taşqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani maʼlum böldi. Natijada elektr taʼminoti korxonasiga 578 million sömlik zarar yetkazilgan.
Bu ikki holatning öziyoq energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş taʼminot korxonalariga katta iqtisodiy zarar keltirişini körsatadi. Şu bilan birga, bunday qoidabuzarliklar elektr va gaz resurslarining hisobini yuritiş, ularni samarali taqsimlaş hamda taʼminot barqarorligini taʼminlaşga salbiy taʼsir körsatadi.
Energiya xavfsizligini taʼminlaşda faqat qoidabuzarliklarni aniqlaş emas, balki ularning oldini oliş ham muhim. Bu borada Farğona viloyatidagi ijtimoiy soha obʼektlari, bozorlar, savdo majmualari va ovqatlaniş şoxobçalarida profilaktik nazorat tadbirlari ötkazildi. Jumladan, bozor va savdo majmualarida tabiiy gaz, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasidan foydalanişda xavfsizlik talablariga rioya etilişi örganilmoqda. Şuningdek, gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi, yonğin va elektr qurilmalaridan foydalaniş bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida fuqarolarga texnika va yonğin xavfsizligi qoidalari böyiça tuşuntirişlar berilmoqda.
Umuman olganda, energetika tizimining barqaror işlaşi tarmoqlarning texnik sozligi, energiya resurslaridan qonuniy foydalaniş va xavfsizlik talablariga rioya etilişiga bevosita boğliq. Şuning uçun nazorat tadbirlari, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va profilaktik işlar bir-birini töldirişi zarur.
Eng muhimi, energiya resurslarini tejaş va ulardan oqilona foydalaniş faqat mutasaddi taşkilotlarning emas, balki har bir isteʼmolçining ham masʼuliyatidir. Qonun talablariga rioya qiliş, noqonuniy ulanişlarga yöl qöymaslik va xavfsizlik qoidalariga amal qiliş barqaror energiya taʼminotiga xizmat qiladi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA