Elit Osiyo çempionlar ligasi. «Neftçi» Farğonada, «Paxtakor» Jiddada öynaydi
Çempionlar ligasining 5-turida Özbekistonning ikki klubi Saudiya Arabistoni jamoalariga qarşi maydonga tuşadi.
Bugun, 23-noyabr kuni, Elit Osiyo çempionlar ligasining 5-turida Özbekistonning ikki klubi Saudiya Arabistoni jamoalariga qarşi maydonga tuşadi. «Neftçi» Farğonada «Al-Hilol»ni qabul qiladi, «Paxtakor» esa Jiddada «Al-Ittihod» mehmoni böladi. Ğarb mintaqasida kuchli sakkizlik 1/8 finalga yöl oladi.
«Neftçi» – «Al-Hilol» | 18:45
Bahs Farğonadagi «Istiqlol» stadionida ötkaziladi. «Neftçi» tört turdan keyin 4 oçko bilan 9-örinda. Farğonaliklar bir bor ğalaba qozongan, bir bor durang öynagan va ikki bor yutqazgan. «Al-Hilol» esa 9 oçko bilan 2-örinda. Bu ikki klubning ilk rasmiy özaro uçraşuvi böladi.
«Neftçi» turnirdagi sönggi bahsida Maskatda Eronning «Traktor» klubi bilan 2:2 hisobida durang öynadi. Vladimir Yovoviç 90+4-daqiqada farğonaliklarni oldinga olib çiqdi, «Traktor» esa 90+9-daqiqada hisobni tenglaştirdi. «Al-Hilol» 4-turda Dubayning «Şabab Al-Ahli» klubini 2:0 hisobida yengdi. «Neftçi» Superligadagi sönggi öyinida esa «Navbahor»ga 2:3 hisobida yutqazdi. Bugungi ğalaba farğonaliklarni 7 oçkoga olib çiqadi va kuchli sakkizlikka kiriş imkoniyatini yaxşilaydi.
Hakamlar brigadasi (Quvayt)
Bosh hakam — Abdulloh Jamol (Abdullah Jamali). Assistant referees — Saud al-Şamali va Ali Jroq. Fourth official — Ammor Aşkanani. VAR — Abdulloh Arab, AVAR — Abdulloh al-Kandari.
«Al-Ittihod» – «Paxtakor» | 23:15
Uçraşuv Jiddadagi «Qirol Abdulloh sport shaharchasi» stadionida ötkaziladi. «Paxtakor» ikki durang va ikki mağlubiyatdan söng 2 oçko bilan 14-örinda. «Al-Ittihod» 4 oçko bilan 10-örinda. Toşkentliklar ğalaba qozonsa, oçkolari soni 5 taga yetadi va ular bugungi raqibidan özib ketadi.
«Paxtakor» 4-turda öz maydonida «Al-Nasr»ga 2:6 hisobida yutqazdi. Toşkentliklarning gollarini Flamarion va Dostonbek Hamdamov urdi. «Al-Ittihod» ham ötgan turda uyida «Al-Ayn»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Paxtakor» Superligadagi sönggi bahsida «Lokomotiv»ga 1:2 hisobida yutqazdi. OFK ma’lumotiga köra, «Al-Ittihod» avvalgi tört özaro bahsning uçtasida ğalaba qozongan, biroq joriy turnirdagi har ikki uy öyinida mağlub bölgan.
Hakamlar brigadasi (BAA)
Bosh hakam — Umar Muhammad al-Ali. Assistant referees — Muhammad al-Hammadi va Jasim al-Ali. Fourth official — Yahyo al-Mulla. VAR — Muhammad Ubayd Xodim, AVAR — Ali al-Nuaymi.