Islom Ismoilov: "Al-Hilol" kuçli jamoa, ammo biz heç kimdan qörqmaymiz
Ismoilov raqibning Osiyodagi eng kuçli klublardan biri ekanini tan olgan holda, "Neftçi" ham musobaqada yuqori maqsadlarni közlayotganini ta’kidladi.
Farğonaning "Neftçi" klubi Osiyo Çempionlar ligasi Elit bosqiçining 5-turida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv arafasida taşkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar boş murabbiyi Islom Ismoilov va darvozabon Botirali Ergaşev jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Ismoilov raqibning Osiyodagi eng kuçli klublardan biri ekanini tan olgan holda, "Neftçi" ham musobaqada yuqori maqsadlarni közlayotganini ta’kidladi.
Murabbiyning fikriça, Saudiya Arabistoni klubining moliyaviy imkoniyatlari va tarkibidagi maşhur futbolçilar uçraşuv natijasini oldindan belgilab bermaydi.
"Maydonda futbolçilarning transfer qiymati, klubning avvalgi natijalari yoki maqomi emas, balki jamoaning özi kuraşadi. Futbol — jamoaviy öyin. "Al-Hilol" qanday jamoa ekanini barçamiz bilamiz. Ertaga ular ham "Neftçi"ning imkoniyatlarini maydonda körişadi", dedi Ismoilov.
"Neftçi" özining hujumkor uslubidan voz keçmaydi
Farğonaliklar boş murabbiyi raqibning hujumdagi salohiyatiga qaramay, jamoa faqat himoyalanişni rejalaştirmayotganini bildirdi.
Uning ta’kidlaşiça, "Neftçi" kuçli raqiblarga qarşi ham yuqori pressing va vertikal hujumlarga asoslangan öyin uslubini saqlab qolişga intiladi.
"Biz barça raqiblarni hurmat qilamiz, ammo heç kimdan çöçimaymiz. Har bir uçraşuvdagi asosiy maqsadimiz — ğalaba. "Al-Hilol"ga qarşi bahs ham bundan mustasno emas", dedi mutaxassis.
Çempionlik masalasi hali hal bölmagan
Matbuot anjumanida "Neftçi"ning Özbekiston Superligasidagi peşqadamligi ham muhokama qilindi. Jamoaning mamlakat çempionligini qölga kiritişga yaqinlaşgani futbolçilarga qöşimça ruhiy ustunlik berişi mumkinligi haqida savol berildi.
Biroq Ismoilov hali çempionlik rasman qölga kiritilmaganini eslatib, bu mavzuda xulosa çiqarişga şoşilmaslik kerakligini aytdi.
"Beş tur avval ham bizni çempion deb ataşgan edi. Ammo hali rasman çempion bölganimiz yöq. Keyingi mavsumdagi iştirokimiz haqida gapirişga ham erta", dedi murabbiy.
Uning sözlariga köra, futbolçilar hozir bor e’tiborini "Al-Hilol" bilan böladigan uçraşuvga qaratgan.
Botirali Ergaşev tanqidlarga munosabat bildirdi
"Neftçi" darvozaboni Botirali Ergaşev ham muhim öyin oldidan öz fikrlarini bildirdi. U sönggi paytlarda darvozabonlar harakati yuzasidan yangrayotgan tanqidlardan xabardor ekanini aytdi.
"Örinli tanqidlarni töğri qabul qilamiz, asossiz gaplarga esa e’tibor qaratmaymiz. Bunday darajadagi uçraşuvlar biz uçun katta tajriba maktabi. Muxlislarimiz va jamoadoşlarimizning işonçini oqlaşga harakat qilamiz", dedi Ergaşev.
Darvozabondan "Al-Hilol" tarkibidagi Ruben Neveş singari standart vaziyatlardan samarali foydalanadigan futbolçilarga qarşi tayyorgarlik haqida ham söraldi.
Ergaşev raqibning individual mahorati yuqori ekanini e’tirof etib, buni xavotir emas, balki öz mahoratini sinovdan ötkaziş imkoniyati sifatida baholadi.
Şuningdek, futbolçi jamoa uçraşuvga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor ekanini, maydonda oxirigaça kuraşib, muxlislarni xursand qilişga intilişini ta’kidladi.