Dori narxlarida yangi tartib va qatʼiy nazorat
Farmon va ijro
Dorixonaga kirgan xaridor uçun eng muhim masala – zarur dorini topiş va uni maqbul narxda xarid qilişdir. Ayniqsa, muntazam davolanişga muhtoj bemorlar uçun preparat narxidagi kiçik farq ham oylik xarajatlarga sezilarli taʼsir körsatadi. Şu bois, dori vositalari narxini tartibga soliş aholi salomatligini muhofaza qiliş bilan bir qatorda, oila byudjetiga ham bevosita daxldor hayotiy masaladir.
Özbekistonda bu borada yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil 28-yanvardagi tegişli farmoni bilan dori vositalari narxini şakllantiriş va nazorat qiliş tartibi takomillaştirildi. Preparatlarning asossiz qimmatlaşişiga yöl qöymaslik, aholining dori-darmon xarajatlarini kamaytiriş va bozorda şaffof raqobat muhitini yaratiş uşbu islohotning asosiy maqsadi etib belgilangan.
Bu maqsadga erişişda referent narx tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Sodda qilib aytganda, referent narx – dori vositasi qiymatini tartibga solişda qöllaniladigan rasmiy mezondir. Uning asosida ulgurji va çakana savdoda yöl qöyiladigan eng yuqori narx çegarasi belgilanadi.
Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan boşlab retsept bilan beriladigan dori vositalariga ulgurji savdoda 15 foizdan, çakana savdoda esa 20 foizdan ortiq ustama qöyiş taqiqlangan. Bunda vositaçilar sonidan qatʼi nazar, preparatning yakuniy qiymati belgilangan çeklangan referent narxdan oşmasligi şart. Masalan, dorixona preparatni 100 ming sömga sotib olgan bölsa, unga köpi bilan 20 foiz ustama qöyişi mumkin. Biroq, agar uşbu dorining çeklangan çakana narxi 115 ming söm etib belgilangan bölsa, uni 120 ming sömga sotişga ruxsat etilmaydi.
Şu tariqa, narxlarning oşişiga ikki tomonlama çeklov qöyilmoqda – savdo ustamasi ham, yakuniy sotuv narxi ham qatʼiy nazorat qilinadi. Retseptsiz beriladigan preparatlarga esa mazkur çeklangan ustamalar tatbiq etilmaydi. Yana bir muhim özgarişga köra, agar bir işlab çiqaruvçi tarkibi bir xil bölgan dorilarni turli savdo nomlari ostida çiqarsa, ularning barçasiga eng past referent narx qöllaniladi. Bu qoida bir xil tarkibli preparatlarni turli brendlar bilan asossiz qimmat sotiş imkoniyatini çeklaydi.
Yangi tartibning amaliy natijalari 2026-yilga kelib yaqqol körina boşladi. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Soğliqni saqlaş va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi maʼlumotlariga köra, joriy yilning 1-martidan boşlab 2 mingga yaqin nomdagi retsept böyiça beriladigan preparatlarning çakana narxi pasaytirildi. Aprel oyida esa islohotlarning navbatdagi bosqiçi sifatida yana taxminan 2,5 ming nomdagi dori vositasining referent narxlari qayta körib çiqildi.
Şu bilan birga, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan ötkazilayotgan tizimli nazorat tadbirlari va tekşiruvlar ham bu borada kutilgan natijalarni bermoqda.
– Joriy yilning birinçi yarmida Markaz tomonidan respublika böyiça 634 ta nazorat tadbiri ötkazildi, – deydi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alişer Temirov. – Natijada 33 ta dorixonaning litsenziyasi bekor qilindi. Ularning 6 tasi dori vositalarini davlat tomonidan belgilangan narxdan qimmat sotgani uçun litsenziyasidan mahrum böldi. Yana 64 ta dorixonaning litsenziyasini bekor qiliş böyiça sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Şuningdek, 256 nafar masʼul şaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik çoralari qöllandi. Bu raqamlar nazoratning amaliy natijalarini yaqqol körsatadi. Bizning vazifamiz dorixonalarning qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etişini taʼminlaş, aholiga sifatli, xavfsiz dori vositalari belgilangan narxlarda yetib borişiga erişişdir.
Xaridor öziga kerakli preparatning belgilangan narxini mustaqil tekşira olişi uçun “pharm.gov.uz” platformasi va “PharmUz” mobil ilovasi orqali maʼlumot oliş imkoniyati yaratilgan. Agar preparat belgilangan narxdan qimmat sotilayotgan bölsa, fuqaro ilovaning “Shikoyatlar” bölimi orqali murojaat qilişi mumkin. Şuningdek, Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining 1159 qisqa raqami ham şunday murojaatlarni qabul qiladi.
Bunday imkoniyatlar aholining öz huquqlarini himoya qilişida muhim vositaga aylanmoqda. Masalan, xaridor dorixonadagi narxni elektron reyestrdagi maʼlumotlar bilan soliştirib, farqni aniqlasa, tegişli idoralarga tezkor xabar bera oladi. Şu tariqa, dori-darmon narxlari ustidan nazorat qiliş tizimida fuqarolarning ham faol iştiroki taʼminlanadi.
Albatta, dori-darmon narxlarini pasaytiriş bilan birga bozordagi muvozanatni saqlaş ham ğoyat muhimdir. Çunki preparatlar arzon bölişi bilan birga, dorixonalarda doimiy ravişda mavjud bölişi kerak. Ayniqsa, import qilinadigan dorilar narxi töğridan-töğri valyuta kursiga boğliq ekanini hisobga olsak, işlab çiqaruvçi, yetkazib beruvçi va isteʼmolçi manfaatlarini özaro muvofiqlaştiriş zarurati yuzaga keladi.
Şu bois, Farmonda valyuta kursi özgargan taqdirda, referent narxlarni qayta körib çiqişning aniq tartibi belgilangan. Unga köra, xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan qiymati oxirgi qayd etilgan körsatkiçdan 3 foizdan ziyodga oşsa, narxlar yanvar va iyul oylarida, agar 5 foizdan oşsa, muddatidan oldin qayta körib çiqilişi mumkin. Eʼtiborli jihati, bu jarayon tadbirkorlarning alohida murojaatisiz, avtomatik tarzda amalga oşiriladi.
Sohadagi özgarişlar farmatsevtika bozorida narxlarni şakllantiriş va nazorat qilişning mutlaqo yangi tizimini yaratmoqda. Minglab preparatlar narxining pasaytirilişi, elektron nazorat mexanizmlarining joriy etilişi va qonunbuzarliklarga nisbatan qatʼiy çoralar körilayotgani bu boradagi amaliy qadamlardir. Endigi asosiy masala uşbu tizimli özgarişlarning har bir dorixonada öz ifodasini topişini taʼminlaşdan iborat. Çunki xalqimiz uçun islohotlarning eng muhim natijasi hisobotlardagi quruq raqamlar emas, balki zarur dori vositasini belgilangan maqbul narxda, ortiqça ovoragarçiliksiz xarid qila oliş imkoniyatidir.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA