Böstonliqda avtomobil yöliga çiqqan ayiq videosi yuzasidan rasmiy izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Pskom qişloğiga olib boruvçi avtomobil yölida ayiq yurgani aks etgan videotasvirlar tarqalib, tarmoq foydalanuvçilari odamlarni hududda ehtiyotkor bölişga çaqirdi.
Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi rasmiy izoh berdi.
Qayd etilişiça, uşbu tasvirlar tumanning eng yuqori qismi — Ugom-Çotqol davlat milliy tabiat boği hududida olingan.
Bu joy yovvoyi hayvonlarning tabiiy yaşaş muhiti hisoblanadi va ayiq öz arealida harakatlangan. Vazirlik maʼlumotiga köra, ayni paytda masʼul xodimlar vaziyatni töliq nazoratga olgan.
Şu bilan birga, şu yöl orqali ötayotgan haydovçilar va boşqa fuqarolardan ehtiyotkorlik çoralariga rioya qiliş söraladi.
Mohiçehra Eşmirzayeva, ÖzA