Murojaatdan yeçimga: suv taʼminotida aholi bilan muloqot samaradorligi oşmoqda
Içimlik suvi xonadonga uzluksiz yetib borişi, tarmoqdagi nosozliklar öz vaqtida bartaraf etilişi, tölovlar bilan boğliq masalalarda isteʼmolçiga qulaylik yaratilişi – aholini eng köp öylantiradigan kundalik masalalardan. Şu bois suv taʼminoti sohasida xizmat sifatini oşiriş faqat texnik infratuzilmani yaxşilaş bilan emas, balki odamlarning murojaatlarini öz vaqtida eşitiş, muammolarni joyida örganiş va aniq yeçim topiş bilan ham çambarças boğliq.
“Özsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tizimida bu yönalişdagi işlar yangi bosqiçga kötarilmoqda. Asosiy eʼtibor aholi bilan töğridan-töğri muloqotni kuçaytiriş, murojaatlarning sabablarini örganiş va ularni hal etiş samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Bu borada Prezidentimizning 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali taşkil qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni hamda jamiyat boşqaruvi raisining tegişli buyruği ijrosi doirasida qator amaliy çora-tadbirlar belgilangan. Xususan, hududlarda işçi guruhlar taşkil etilib, mahallalarda örganişlar va sayyor qabullar ötkazilmoqda. Mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, hokim yordamçilari bilan hamkorlikda aholini qiynayotgan masalalar aniqlanib, ularning yeçimi böyiça joyida çoralar körilmoqda.
Bu haqda “Özsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Akmal Murodov iştirokida ötkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
Amalga oşirilayotgan işlar natijasi murojaatlar statistikasida ham aks etmoqda. Jumladan, 2025-yilning dastlabki ön oyida jamiyatga jami 20 ming 942 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, 2026-yilning şu davrida bu körsatkiç 16 ming 376 tani taşkil etdi. Yaʼni murojaatlar soni 22 foizga kamaygan.
Prezident Xalq qabulxonalari orqali kelib tuşgan murojaatlar sonida ham pasayiş kuzatilgan. 2025-yilning ön oyida 19 ming 347 ta murojaat qayd etilgan bölsa, 2026-yilda bu körsatkiç 15 ming 275 tani taşkil etgan. Ularning 95,8 foizi qanoatlantirilgan.
Murojaatlar tarkibi tahlili aholini, asosan, içimlik suvi taʼminotidagi uzilişlar, tarmoqlardagi avariyalar, suv bosimining pastligi va yetkazib beriş jadvali bilan boğliq masalalar taşvişga solayotganini körsatadi. Mazkur yönalişdagi murojaatlar soni 7 ming 677 tadan 6 ming 911 taga kamaygan. Tölovlar, qarzdorlik, qayta hisob-kitob, tarmoqdan uziş va qayta ulaş bilan boğliq murojaatlar ham 4 ming 975 tadan 4 ming 419 taga tuşgan.
Albatta, murojaatlar sonining kamayişi muhim körsatkiç. Biroq sohadagi iş samaradorligi, eng avvalo, muammolarning bartaraf etilişi va ularning takrorlanişiga sabab bölayotgan omillar aniqlanişi bilan belgilanadi.
Şu maqsadda aholi bilan muloqotning bir neçta tezkor mexanizmi yölga qöyilgan. Xususan, 12-55 qisqa raqamli koll-markaz xizmati haftaning yetti kuni, sutka davomida faoliyat körsatmoqda. 2026-yilning ön oyida mazkur raqam orqali 15 ming 181 ta murojaat qabul qilingan. Şuningdek, Telegram çat-kanali orqali har oyda 4 mingdan ortiq murojaat kelib tuşmoqda.
Aholi bilan bevosita muloqotni kuçaytiriş maqsadida Prezident Xalq qabulxonalari va mahalla vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning ötgan ön oyida 3 mingdan ortiq sayyor qabul ötkazildi. Bu esa muammolarni faqat idoraga kelib tuşgan murojaatlar asosida emas, balki joylarga çiqqan holda örganiş va ularning asl sabablarini aniqlaş imkonini bermoqda.
Jamoatçilik nazorati ham eʼtibordan çetda emas. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan 722 ta tanqidiy material örganilib, ularda kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli çoralar körilgan va rasmiy munosabatlar bildirilgan.
Murojaat qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida ham muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Toşkent şahri va Farğona viloyati uçun işonç telefonlari işga tuşirildi, elektron poçta hamda Telegram-bot orqali murojaat yuboriş imkoniyati yaratildi. Isteʼmolçilar uçun şaxsiy kabinet xizmati yölga qöyilib, @uzsuvbot takomillaştirildi. Şuningdek, avtotransport va maxsus texnikalar harakatini nazorat qiliş maqsadida GPS tizimi joriy etildi.
Bugungi kunda “Özsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tizimi 32 milliondan ortiq isteʼmolçiga xizmat körsatmoqda. Bunday katta qamrovda xizmat sifatini taʼminlaşda nafaqat murojaatlarni tezkor qabul qiliş, balki isteʼmolçilarga zarur maʼlumotlarni öz vaqtida yetkaziş ham muhim. Şu nuqtai nazardan, joriy yilning ötgan davrida qarzdor isteʼmolçilarni xabardor qiliş maqsadida 8 milliondan ortiq qisqa xabarnoma yuborilgan.
Eʼtiborli jihati, murojaatlar bilan işlaşda xonadonma-xonadon örganiş amaliyotiga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Bu orqali aholini qiynayotgan masalalar, ularning kelib çiqiş sabablari aniqlanib, bartaraf etiş çoralari belgilanmoqda.
Zero, içimlik suvi taʼminotidagi har bir muammo ortida insonlarning kundalik ehtiyoji, turmuş şaroiti va hayot sifati bilan boğliq masalalar turadi. Şu bois murojaatlarga şunçaki statistik körsatkiç sifatida emas, balki xizmat sifatini yaxşilaşga xizmat qiladigan muhim mezon sifatida qaraş lozim.
Suvni qadrlaş, undan oqilona foydalaniş bilan birga, uni aholiga öz vaqtida va sifatli yetkazib beriş uçun masʼuliyatni his etiş ham sohadagi har bir xodimning muhim vazifasidir.
Nilufar Bozorova, ÖzA