Bölğusi mutaxassislar daryo porti bilan tanişdi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida transport muhandisligi va logistika mutaxassisligi böyiça taʼlim olayotgan talabalar Termiz daryo portida bölib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan boğladi.
Mamlakatimizda yagona Termiz daryo porti mintaqamizdagi yirik yuk taşuvçi strategik ahamiyatga ega portlardan biri sanaladi. U xalqaro va mahalliy yuklarni Amudaryoning qöşni davlatdagi qirğoğiga tez, arzon va işonçli yetkazişga xizmat qiladi.
Talabalarga port tijorat bölimi boşliği H.Avezov va boşqa mutaxassislar mamlakatimiz janubidagi daryo portining taşkil topiş tarixi, asosiy vazifalari, moddiy-texnik jihozlari, yuk taşiş hajmi haqida atrofliça maʼlumot berdi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 9 ming 200 dan ortiq yigit-qiz 56 ta bakalavriat va 25 ta magistratura mutaxassisligi böyiça taʼlim olib, özlari qiziqqan kasb sirlarini çuqur örganmoqda. Oliy taʼlim muassasasida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirib, mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bölğusi mutaxassislar portda barjalar, kater va yuk kemalari bilan tanişdi. Tovarlarni yuklaş, yuk kemalariga xizmat körsatiş jarayonlarini kuzatdi. Yurtimizdagi yagona daryo portining logistika tizimidagi örni haqida atrofliça maʼlumotga ega böldi. Kasbiy könikmalari mustahkamlanib, logistika sohasiga qiziqişi yanada oşdi. Özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri