Bilim olişdan kasb-hunargaça
Andijon şahridagi 56-umumtaʼlim maktabida öquvçilarga sifatli taʼlim-tarbiya beriş, ularning bilim va könikmalarini mustahkamlaş, iqtidorini yuzaga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni paytda taʼlim muassasasida 143 nafar pedagog 3 ming 549 nafar öquvçiga saboq berib keladi.
Maktabda öquvçilarning qiziqişi va qobiliyatidan kelib çiqib, fan, kasb-hunar, kompyuter savodxonligi va sport yönalişlarida turli tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.
Mazkur tögaraklar öquvçilarning darsdan böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, bilimlarini mustahkamlaş va amaliy könikmalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda. Xususan, kasb-hunar va kompyuter savodxonligi böyiça maşğulotlarda öquvçilar zamonaviy bilim va könikmalarni egallayotgan bölsa, sport tögaraklarida jismoniy tayyorgarligini oşirmoqda.
[gallery-32295]
Taʼlim muassasasida öquvçilarning fanlarga qiziqişini kuçaytiriş, ularning isteʼdodini röyobga çiqariş va har tomonlama kamol topişi uçun zarur şaroitlar yaratiş borasidagi işlar davom etmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), ÖzA