Bir asar mutolaasi ortidan çet davlatlarga sayohat yöllanmasini olgan yoşlar
Kitob insonni butun dunyo bilan yuzlaştiruvçi buyuk kuç sanaladi. Bugungi şiddatli axborot asrida yoşlarni mutolaaga jalb etiş, ularning dunyoqaraşini kengaytiriş har qaçongidan ham muhim. Bu millat kelajagi daxldor yumuşdir.
Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida bölib ötgan tadbir ham ana şu ezgu maqsadning öziga xos bir ifodasi böldi.
Siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” ensiklopedik kitobi asosida taşkil etilgan videoroliklar tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi çinakam maʼrifat bayramiga aylandi. Uşbu loyiha davlatimiz rahbari taşabbusi bilan şu yilning bahorida start berilgan Milliy kitobxonlik harakatining yorqin amaliy ifodasi sifatida turli yoşdagi kitobxonlarni bir ğoya atrofida jipslaştira oldi.
Tanlovga yuborilgan köplab ijodiy işlar yoşlarning dunyo mamlakatlari hayoti, tarixi va madaniyatini qançalik teran anglayotganini körsatib berdi. Saralab olingan eng yaxşi videoroliklarda iştirokçilar nafaqat kitobdagi maʼlumotlarga tayangan, balki axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bu esa bugungi kitobxon yoşlarimizning zamonaviy könikmalarni qay darajada puxta egallaganidan dalolatdir.
– Loyihamizning bu galgi bosqiçida kutilmagan va quvonarli holatlarga guvoh böldik, – deydi asar muallifi Laziz Rahmatov. – Oilaviy iştirokçilarimizning köpligi yurtimizda kitobxonlik muhiti bevosita xonadonlardan boşlanayotganini körsatadi. Ayrim qatnaşçilarimiz Afğoniston, Vetnam, Ozarbayjon, Turkiya, Malayziya kabi davlatlarga safarlari çoğida aynan mazkur kitobdan keng foydalanib, öşa diyorlarning özidan turib videoroliklar tayyorlab yuborgani loyihamiz sarhadlarini yanada kengaytirdi.
Tanlovda kutubxonaçilar, til va adabiyot hamda jurnalistika yönalişi oliygohlari talabalari alohida faollik körsatdi. Xususan, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi, Ozod Şarofiddinov nomidagi stipendiya sohibasi Farangiz Abruyeva ham öz ijodiy işi orqali yuqori natija qayd etdi.
– Mazkur loyiha orqali jahon mamlakatlarining tarixi, boşqaruv şakli va madaniyatini örgandim. Özbekistonning turli davlatlar bilan hamkorligiga oid bilimlarimni ham boyitdim, – deydi Farangiz Abruyeva. – Mehnatim yuqori baholanib, Gruziyaga sayyohlik yöllanmasini qölga kiritganimdan behad xursandman. Eng muhimi, yoş ijodkorlarga öz imkoniyatlarimizni yanada kengroq namoyon etiş uçun kuçli şijoat berildi.
Eng sara kreativ işlar mualliflari bölgan tört nafar iştirokçi Malayziya, Xitoy, Gruziya va Ozarbayjon davlatlariga sayohat qiliş yöllanmasini qölga kiritdi.
[gallery-32402]
Şuningdek, önlab iştirokçilar özlarining şaxsiy kutubxonasini yuzlab yangi asarlar bilan boyitiş imkoniga ega bölgan bölsa, yana bir guruh kitobxonlar respublikamizning yetakçi maʼnaviy-maʼrifiy jurnallariga bir yillik bepul obuna bilan taqdirlandi. Tanlovni hamda umuman kitobxonlik madaniyatini tarğib qilişda faollik körsatgan ommaviy axborot vositalari vakillari ham eʼtibordan çetda qolmadi.
Sovrinlarni elimiz suygan taniqli şoir va yozuvçilar topşirgani esa tadbirning maʼnaviy ruhini yanada oşirdi.
Quvonarlisi, şu kunlarda “Dunyo mamlakatlari” kitobining töldirilgan yangi naşri çop etildi. Demak, tez orada bilim va tafakkurni sinovdan ötkazadigan mazkur mega-tanlovning navbatdagi mavsumiga start beriladi.
Munira Ramazonova,
Nosirjon Haydarov (surat), ÖzA