Avtobusda bepul yuriş odati qimmatga tuşişi mumkin
Jamoat transportida yöl haqini tölaş tartibi aniq belgilangan. Endi yölovçilar avtobusga çiqişi bilanoq tölovni amalga oşirişi şart, aks holda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Avtobusga çiqişning özi yöl haqini tölaş majburiyatini yuzaga keltiradi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi tegişli qarorida ham 1-sentabrdan boşlab avtobuslarda yöl haqini transport vositasiga kiriş vaqtida tölaş tartibi joriy etilgan. Demak, yölovçi manziliga yetib borişni yoki nazoratçining kelişini kutişi emas, avtobusga çiqişi bilan tölovni amalga oşirişi kerak.
Toşkent şahar transport va yöl transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, poytaxt jamoat transportida yöl haqini tölaş tartibiga rioya etilişi yuzasidan nazorat tadbirlari muntazam ötkazilmoqda.
Qayd etilişiça, 2026-yil boşidan 10-noyabrga qadar yöl haqini tölamagan 146 ming 537 nafar yölovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Faqat 9-noyabr kunining özida bu körsatkiç 916 nafarni taşkil etgan. Raqamlardan maʼlumki, jamoat transportida tölov intizomi hamon dolzarbligiça qolmoqda.
Tölov — faqat şaxsiy majburiyat emas. Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasiga muvofiq, yöl haqini tölamaslik maʼmuriy javobgarlikka sabab böladi. Jamoat transportidan foydalanişda har bir yölovçining masʼuliyati bor. Çunki transport tizimining barqaror işlaşi, xizmat körsatiş sifatini oşiriş va yönalişlarni rivojlantirişda tölov intizomi ham muhim örin tutadi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA