«Sanoat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 545-sonli qarori bilan mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish va bu sohada fidokorona mehnat qilayotganlarni rag‘batlantirish maqsadida «Sanoat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Mazkur qaror Prezidentning 2026-yil 12-yanvardagi tegishli farmoni ijrosini ta’minlash, iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilishda yuqori natijalarga erishayotganlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ushbu ko‘krak nishoni bilan yurtimizda sanoatni rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va malakali mutaxassislar tayyorlashda namuna ko‘rsatayotgan mahalliy hamda xorijiy investorlar, tadbirkorlar va soha xodimlari taqdirlanadi.
Hujjatga ko‘ra, ko‘krak nishoni har yili 27-iyun – Xalqaro sanoat xodimlari kuni arafasida topshiriladi.
O‘zA