Hukumat qarori bilan yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 544-son qarori qabul qilindi.
Bu Prezidentning 2026-yil 4-apreldagi tegishli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Qarorga muvofiq, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalari tashkil etiladi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi ikki oy muddatda yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalari reyestri hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni yurituvchi sub’ektlarning reyestrini maxsus axborot tizimida yuritilishini ta’minlashi belgilandi.
Ta’lim va ilm-fan vaziri zimmasiga ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish yuklatildi.
O‘zA